“Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silva faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin.
Marca nashrining xabar berishicha, portugaliyalik futbolchi bilan muzokaralar deyarli yakuniga yetgan. Silva o‘ynashi mumkin bo‘lgan klub nomi oshkor etilmagan.
Avvalroq, 28 yoshli Bernarduga “Barselona” qiziqayotgani xabar berilgandi. Shuningdek, “PSJ” ham Lionel Messining o‘rnini Silva bilan to‘ldirmoqchi ekanligi ma’lum bo‘lgandi.
Bernardu Silva 2017-yildan buyon “Manchester Siti” sharafini himoya qilib kelmoqda. 2022/23-yilgi mavsum APLda futbolchi 34 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Izoh (0)