O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev andijonlik saylovchilar bilan uchrashuvda Andijonda 2030-yilga qadar 3 mingta ko‘p qavatli uy barpo etilib, 100 ming oila yangi uy-joyli bo‘lishini aytdi.
Bu maqsadlar uchun, kelgusi yetti yilda 30 trillion so‘m yo‘naltiriladi.
Andijon, Xonobod va Qorasuv shaharlari, Qo‘rg‘ontepa, Jalaquduq, Andijon, Asaka va Oltinko‘l tumanlaridagi 510 ming aholining suv ta’minotini yaxshilash uchun, “Xonobod-Andijon” magistral suv quvurining ikkinchi tarmog‘i quriladi. Bunga 35 million dollar investisiya jalb qilinadi.
“Umuman, viloyatda markazlashgan ichimlik suvi qamrovini hozirgi 87 foizdan 97 foizga yetkazamiz”, – dedi nomzod.
Izoh (0)