Rossiyaning Leningrad viloyatida giyohvand moddalar sotuvchi o‘zbekistonlik erkak qo‘lga olindi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.
Tosnenskiy tumanida yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Citroen rusumli avtomashinada qo‘lga olingan. Erkakdan deyarli 4 kilogramm alfa-PVP sintetik psixostimulyator, ya’ni “tuz” nomi bilan ham tanilgan giyohvand modda topilib, musodara qilingan.
O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan giyohvand moddalarni saqlash va sotishga tayyorlaganlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda migrant izolyatorga joylashtirilgan.
Izoh (0)