Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 12-iyunda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 10,98 so‘mga pastlab, 11 424 so‘mni tashkil qildi. Yevro 22,49 so‘mga ko‘tarilib, 12 291,08 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,94 so‘mga pastlab, 138,41 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket ikki kun pastlab, 11 434,98 so‘mni tashkil qilgandi. Rubl ham tushib, yevro ko‘tarilgandi.
Izoh (0)