Ispaniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiy Xavining yangi shartnoma bo‘yicha talablarini qondirishga tayyor emas.
Cadena SER nashrining xabar berishicha, 43 yoshli murabbiy kataloniya rahbariyatidan soliqlardan tashqari 12 million yevro talab qilgan.
Xavi va uning shtabi soliqlardan tashqari 30 million yevro olishi ko‘zda tutilgan.
Hozirda ispaniyalik murabbiy va “Barselona” yangi bitim borasida kelisha olgani yo‘q. Xavining “ko‘k-anorranglilar” bilan amaldagi shartnomasi 2024-yilning 30-iyunida o‘z yakuniga yetadi.
Xavi qo‘l ostida “Barselona” Ispaniya chempionati va mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)