Toshkent viloyatining Olmaliq shahridagi maktabda o‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb etilgani haqida xabarlar tarqaldi. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi buni tasdiqladi.
Ma’lum qilinishicha, holat Toshkent viloyati Kamag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi tomonidan o‘rganildi. Unga ko‘ra, 2-sonli umumiy o‘rtata’lim maktabi direktorining ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan, Mehnat kodeksining 5-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 349-sonli qaroriga zid ravishda, besh nafar pedagog xodimni ma’muriy tartibda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga jalb etilgan.
Mansabdorga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 294-moddasida nazarda tutilgan uning huquq burchlari tushuntirilib, unga nisbatan ushbu kodeksning 51-moddasi 2-qismiga asosan ma’muriy ta’sir chorasi qo‘llanildi.
Ushbu moddaga ko‘ra, ta’lim tashkilotining pedagog xodimlarini mehnatga ma’muriy tarzda majburlash BHMning 100 baravaridan 150 baravarigacha (33 million so‘mdan 49,5 million so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘ladi.
Izoh (0)