• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Suriyada to‘rtta o‘q yedim” — terrorizmda ayblanib, tergov qilinayotgan o‘zbek yigiti pushaymonlari (video)

    Shu yilning 15-may kuni Ichki ishlar vazirligi rasmiy saytida “O‘zbekiston Respublikasiga qarshi qaratilgan o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan qidiruvdagi shaxs ushlandi” sarlavhali maqola eʼlon qilindi. “Daryo” nashri ushbu voqeani keng jamoatchilikka batafsil yetkazish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga so‘rov bilan murojaat qildi. So‘rovga javoban, ayblanuvchi bilan uchrashuv tashkil qilindi, suhbatlashildi. Tergov harakatlari ketayotgani, oilasi va o‘zining xavfsizligi uchun ayblanuvchining ism-sharifi, videodagi yuzi o‘zgartirilgan.

    Ayni paytda Toshkentdagi tergov hisbxonalaridan birida saqlanayotgan Shokir Shukurov 2016-yilda Suriyadagi “Hayatul tahriri shom” xalqaro terroristik tashkiloti jangarilari safiga qo‘shilgan. Unga qadar 1 yilga yaqin vaqt davomida Turkiyada diniy ekstremistik oqim g‘oyalariga oid bilimlar olgan. Shokir “Daryo” nashriga bergan intervyusida terrorchilarga qanday qilib qo‘shilib qolgani, Suriya va Turkiyada boshidan kechirganlarini gapirib berdi.

    “Avval Turkiyaga bordim”

    Dastlab 2016-yilda Ilhom ismli sinfdoshim meni islom diniga qiziqtirdi va Turkiyaga ketishimga sababchi bo‘ldi. U menga Tohir Yo‘ldoshning videolarini ko‘rishni tavsiya qilardi. Abduvali qorining maʼruzalarini eshittirib, meni dinga tobora qiziqtirardi. Jihod, hijrat masalalarini tushuntirardi. Sinfdoshimga diniy ilm olmoqchiligimni aytganimda Turkiyaga borishimni tavsiya qildi. 2016-yilning kuzida “Turkiyada madrasa bor, o‘sha yerda o‘qiysanmi?”, dedi. Men “uyoqda tanishim bo‘lmasa, yo‘lkiraga ham pulim yo‘q”, desam, “moddiy yordam beraman, seni u yerda Abdulaziz degan odam kutib oladi” dedi. Chiptaning yarim pulini berdi. Turkiyaga bordim. U yerda meni Abdulaziz kutib oldi va “Ehsonul” degan madrasaga olib bordi. Madrasada qirg‘izistonlik Ahliddin Navqatiy degan odam boshqaruvchi ekan. U yerda bir yilga yaqin o‘qidim. Madrasada avval arab tili, tajvidni o‘rgatib, sekin-asta hijrat, jihod, dunyodagi demokratik davlatlarga odamlarning nafratini uyg‘otish, tuzumlarni qoralash va ularni ag‘darib, islomiy tuzum o‘rnatish kerak, degan aqidada ish olib borisharkan.

    Skrinshot / “Daryo” 

    “Suriyada janga tayyorlashdi”

    2017-yilda Turkiyada madrasadagi ustozlarim tavsiyasi bilan Suriya davlatidagi “Hayatul tahriri Shom” xalqaro terroristik tashkiloti tarkibidagi Turkiston-uyg‘ur jamoatining “G‘uraba katibasi”ga ketdim. U yerda tojikistonlik Ahmad ismli odam kutib oldi.

    Keyin Suriya prezidenti Bashar Asadga qarshi terroristik tashkilot jangarilari safiga kirdim. Bir oylik harbiy mashg‘ulotlardan o‘tdim. Harbiy tayyorgarlik tugagach, shifokorlikdan biroz xabarim bo‘lgani uchun aholi va jangchilarni davolash ishlari bilan shug‘ullandim.

    Ikki oydan so‘ng aviabazadan bizning bo‘limdagi uch nafar videotasvirchi jang jarayonini tasvirga olishga ketayotgandi. Jangarilar meni ham blogerlar bilan jang maydoniga borishimni aytib: “agar bizga urushda shikast yetsa, davolaysan”, deyishdi.

    “Suriyada to‘rtta o‘q yedim”

    Skrinshot / “Daryo” 

    O‘zimiz yashab turgan mintaqadan 5-10 kilometr masofada, ovloq, hech kim yashamaydigan joyda avtomobilda ketayotganimizda nomaʼlum shaxslar bizni o‘qqa tutdi. Sheriklarim o‘q yeb, o‘sha yerda vafot etdi.

    Menga ham to‘rtta o‘q tegdi. O‘sha yerdan o‘tayotgan arablar qonga botganimni ko‘rib, kasalxonaga olib borishdi. O‘qlar hayotiy organlarimga tegmagani uchun tirik qolganman. Ammo tanamning chap tomoni nogironga aylandi. Bir o‘q chap qo‘limga teggan. Yana biri yuragim ostidan teshib o‘tgan. Qolganlari buyrak usti va o‘pkamga teggan. O‘pkamga chuqur sanchilgani uchun bir o‘q hali ham ichimda. Shifokorlar uni olib tashlashning iloji yo‘qligini aytishdi.

    Skrinshot / “Daryo” 

    Hozir o‘pkamning 60-70 foizi ishlaydi. Nafas olishim baʼzida juda zo‘rayib ketadi. 20-30 metrga biroz tezroq harakatlansam, hansirab, o‘tirib qolaman. Quvvat yetmay qoladi. Yoki bo‘lmasa, chap buyragim shikastlangani hisobiga yuragimga ham tasʼir qiladi. Baʼzida miya qon aylanishi buzilib, hushdan ketish holatlari bo‘lib turadi.

    “Yana Turkiyaga qaytdim”

    Yaralangach, kasalxonada 6 oy davolandim. Ikki oy davomida Suriyadan qochishga urindim. Va arablar yordamida yashirin yo‘llar orqali, chegarani buzib, Turkiya hududiga kirishga erishdim. Bundan xabar topgan turk harbiylari meni qo‘lga olishdi va Majburiy deportatsiya markaziga olib borishdi. U yerda 6 oy qolib ketdim. Orada Suriyadagi terrorchi sheriklarim bilan aloqaga chiqib, moddiy yordam so‘radim. Ammo hech qanday yordam berishmadi. Keyin oilam bilan bog‘lanib, boshimdan kechirganlarimni aytib berdim. Pul yuborishlarini so‘radim va moddiy yordam olgach, markazdan chiqdim.

    Keyin “O‘zbekistonga qaytsam, qamalib, o‘lib ketaman”, deb o‘yladim. Qaytishni istamadim va Istanbulda asli kelib chiqishi samarqandlik bo‘lgan Sodiq Samarqandiy degan shaxsning madrasasi borligini eshitdim. Uning oldiga borib, moddiy tomondan qiynalganim va ilm olishni istashimni aytdim. Chunki u odamda sof ilm bo‘lsa kerak, deb o‘ylagandim. Sodiq Samarqandiy meni qabul qildi, katta shogirdi Nozimjonga topshirib, “shu yigitga sen dars berasan”, dedi. O‘sha madrasada 5-6 oy o‘qidim. Ko‘rdimki, u yerda mafiyalashgan jamoat bor edi.

    Sodiq Samarqandiy

    Internetda hozir ko‘pchilik Abdulloh Zufar va Sodiq Samarqandiyning diniy maʼruzalarini eshitadi. Ammo ularning diniy ekstremizm va terrorizmga aloqador odamlar ekanini bilishmaydi. Masalan, Abdulloh Zufar jihod yoki hijrat haqida birdaniga gap boshlab ketadi. Sodiq Samarqandiy esa insonlarni sekin-astalik bilan, bosqichma-bosqich tayyorlaydi. Umuman olganda, ular birinchi bosqichni tayyorlab berishadi. Ikkinchi bosqichda shaxslar diniy terroristik tashkilotlar voizlariga ergashib ketaverishadi. Sodiq Samarqandiy payshanba va yakshanba kunlari umumiy darslar o‘tkazardi. U yerga 100 kishidan 250 nafargacha yoshlar to‘planardi.

    Sodiq Samarqandiy va uning atrofidagilar 250 nafar odamdan kamida 80-100 nafari “jihod”ga ketishini yoki Suriyadagi terroristik guruhlar safida bo‘lib qaytganini biladi. Lekin ularni bu yo‘ldan qaytarmaydi. Turkiyada Sodiq Samarqandiy muxlislarning 30-40 foizi terroristik fikrdagi shaxslar.

    Sodiq Samarqandiyning Istanbuldagi mavzeda 20 tadan ortiq madrasalari bor. Sodiq Samarqandiy tashqaridagi muxlislariga o‘zini oppoq ko‘rsatishni xohlaydi. O‘z atrofidagilari bilan ham juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘ladi. Suriyadagi terroristik tashkilot yoki Istanbulda yurgan Suriyadagi terroristik tashkilot aʼzolari bilan ehtiyotkorona muomala qiladi. Uning Suriyadagi “Tavhid va jihod katibasi” terroristik guruhi boshlig‘i Abdulaziz domla degan shaxs bilan ham telefon orqali yoki bilvosita aloqasi bor deb eshitganman.

    Sodiq Samarqandiyning tagida “inomarka” mashinalari, to‘rttadan ayollari bor. Yaqinda, 2022-yilda 18 yoshli qizga uylanganini eshitdim. Vaholan.ki, o‘zi 50 yoshdan katta odam. Uning atrofidagi 20-30 kishi hech qayerda ishlamaydi. Lekin o‘zining shaxsiy mashinalari, uylari, ikkitadan to‘rttagacha ayollari bor. Bularni ko‘rganman va guvohi bo‘lganman. Ularga Koreya, Amerikadan, O‘zbekistondan pul oqimlari borib turadi. O‘zbekistondan pul yuboradiganlar asosan farzandlarini sof diniy taʼlim olish uchun Turkiyaga jo‘natgan ota-onalardir. Va shunisi ham ajablanarliki, Sodiy Samarqandiy madrasalarida faqat boy insonlarning bolalari o‘qiydi.

    “Afsusdaman”

    Suriyadagi jihodni jihod demayman. Ularning bari yolg‘on. Yoshlar Istanbuldagi Sodiq Samarqandiy yoki boshqa dinni noto‘g‘ri ko‘rsatayotganlarga ishonmasliklarini istardim. Asl niyatim sof islom dinini o‘rganish bo‘lgandi. Dinimga amal qilaman degan niyatim to‘g‘ri edi. Ammo yomon insonlar noto‘g‘ri yo‘lga olib kirishgan. Aldanib qoldim. Afsusdaman. Bu yo‘lning xatoligini tushunib yetdim.

    03.06.2023, 16:10   Izoh (0)   14050
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dubayda qamoqqa olingan o‘zbekistonlik ayolning 3 nafar voyaga yetmagan farzandi vatanga qaytarildi

    03.06.2023, 15:40

    Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti va bosh vaziriga ta’ziya bildirdi

    03.06.2023, 15:31

    Buxoroda ijaradagi uyida qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan ayol ushlandi

    03.06.2023, 14:35

    O‘zbekistonda ayrim hududlarga “ekomahalla”, “ekoqishloq” va “ekoovul” maqomi beriladi

    03.06.2023, 13:30

    “Amudaryo o‘zanida yangi kanal qurilishi oqibatida mamlakatimizga keladigan suv hajmi kamayishi xavfi mavjud” — Suv xo‘jaligi vazirligi

    03.06.2023, 12:50

    Toshkentning ikki tumanida elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar kuzatiladi

    03.06.2023, 12:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    Dunyo | 16 avgust, 21:27

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.