Ed Shiran Florida shtatida joylashgan maktabda bo‘lib o‘tgan repetitsiya jarayonlarida ishtirok etdi. Xonanda Middlton o‘rta maktabi o‘quvchilari uchun kichik konsert uyushtirdi, shuningdek, ularga gitara va konsertiga chipta sovg‘a qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Shiranning maktabga borgani aks etgan video tarqaldi. O‘rta maktab o‘quvchilari uning qo‘shiqlaridan birini o‘rganayotgan paytda musiqachi gitara bilan sinfga kirib kelgan. O‘quvchilar mashg‘ulotlarga shunchalik ishtiyoq bilan kirishib ketganki, xonandaga uncha e’tibor bermagan.
“Men nima bo‘layotgani haqida ko‘p o‘ylay olmadim, chunki biz chalinayotgan qo‘shiqqa e’tibor qaratishimiz kerak edi. Biroq tugatganimizdan so‘ng: ‘Bu — Ed Shiran’, dedi o‘quvchilardan biri”, — deydi xonanda.
Ed dirijyorning o‘rnini egallagan, o‘quvchilar bilan salomlashgan va ular uchun bir nechta qo‘shiq kuylash uchun kelganini aytdi. Shuningdek, u maktab o‘quvchilariga sovg‘a sifatida bir nechta gitara va konsertiga chiptalar olib kelganini ham ta’kidlagan. “Ertaga stadionda konsert beraman, menda barchangiz uchun chiptalar bor”, — degan Ed.
Shundan so‘ng Shiran Perfect qo‘shig‘ini ijro etgan. O‘quvchilar xonandadan dastxat olgan va uning o‘zi ham hamma bilan suratga tushgan. Shuningdek, Ed bir nechta o‘quvchilar bilan Photograph nomli xit taronasini ijro etgan.
Ed Shiran Thinking Out Loud qo‘shig‘i uchun mualliflik huquqini qo‘lga kiritganidan ko‘p o‘tmay maktabga bordi. Sud san’atkor o‘z kompozitsiyasini yaratishda Marvin Geyaning Let’s Get It On qo‘shig‘ining ohangidan foydalanmagan, deb qaror qildi.
Izoh (0)