Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining qoldirilgan 32-turida “Chelsi” 25-may, payshanba kuni “Manchester Yunayted” mehmoni bo‘ldi.

Foto: Getty Images

O‘yinning yettinchi daqiqasidayoq “qizil iblislar” futbolchisi Kazemiro hisobni ochdi. Mankunianlarning braziliyalik hujumchisi Antoni jarohat olib maydonni tark etdi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Antonio Marsyal hisobni mustahkamladi — 2:0.

72-daqiqada Brunu Fernandesh penaltidan aniq foydalandi va hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. Oradan ko‘p o‘tmay “Chelsi” himoyachisi Uesli Foffananing xatosidan keyin Markus Reshford hisobni 4:0 ga yetkazdi. 89-daqiqada “aristokratlar” hujumchisi Joau Feliks hisobni qisqartirdi.

Mazkur bahsdan so‘ng “Manchester Yunayted”ning ochkolari 72 taga yetdi va uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Jamoa keyingi mavsum Chempionlar Ligasida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi. “Chelsi” esa 43 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.


APL

32-tur bahsi

25-may, payshanba 

“Manchester Yunayted” — “Chelsi” 4:1

Gollar: 1:0 — 6 Kazemiro, 2:0 — 45+5 Marsyal, 3:0 — 73, penalti Brunu Fernandesh, 4:0 — 78 Reshford, 4:1 — 89 Feliks.

“Manchester Yunayted”: De Xea, Uan-Bissaka, Varan, Lindelyof, Shou (Malasia, 46), Eriksen (Fred, 70), Kazemiro, Fernandesh (Maktominey, 86), Sancho, Antoni (Reshford, 29), Marsyal (Garnacho, 70).

“Chelsi”: Arrisabalaga, Aspilikueta, Chaloba, Fofana, Xoll, Gallaher (Fofana, 82), Fernandes, Chukvuemeka (Loftus-Chik, 82), Haverts (Joau Feliks, 64), Mudrik (Pulishich, 64), Madueke (Ziyosh, 82).

Ogohlantirishlar: Fernandes (75), Malasia (75).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Zelenskiy Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam berayotgan davlatlarga qarshi ochiq kurash olib borishga va’da berdi
Dunyo
Iordaniya shahzodasining dabdabali to‘yi, sirkdan qochgan lamalar, plakat “ushlab olgan” it — 2-iyun suratlari
Dunyo
Yaponiyada “Mavar” to‘foni tufayli milliondan ortiq odam evakuatsiya qilindi