Razzoqov nomidagi Qirg‘iziston davlat texnika universitetida respublika sobiq prezidenti Asqar Akaevning maʼruzalari o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Politexnika universiteti matbuot kotibi Aynura Sultonova ma’lum qildi.
Qirg‘izistonning hokimiyatdan ag‘darilgan rahbari 20-may kuni rafiqasi Mayram Akayeva bilan birga Bishkekka kelgani hamda uning Qirg‘iziston ta’lim muassasalari va Fanlar akademiyasida nutq so‘zlash rejalari haqida xabar berilgandi.
Asqar Akayevning Bishkekdagi oliy o‘quv yurtlarida ma’ruza o‘qishi rejalari 23-may kungi Qirg‘iziston parlamenti yig‘ilishida deputatlarni g‘azablantirdi. Xalq deputatlari Oybek Matkarimov va Mirlan Chiniboyev poytaxt oliy o‘quv yurtlariga quvg‘in qilingan prezidentning ma’ruzalari kerak emasligini ta’kidladi.
Parlament a’zosi Qunduzbek Sulaymonov Qirg‘iziston ta’lim vaziri Qanibek Imanaliyevdan Politexnika universiteti rektoriga nisbatan chora ko‘rishni talab qildi.
Korotovskix Yevgeniy, Qirg‘iziston
Izoh (0)