• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Yevropada gaz narxi ikki yil ichidagi minimal darajaga tushdi

    Yevropada gaz narxi deyarli ikki yil ichida — 2021-yil iyun oyidan beri eng minimal darajaga tushdi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.

    Foto: Bloomberg

    ICE birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, Niderlandiyadagi TTF markazidagi iyun fyucherslarining narxi kamida 1 MVt/soat uchun 30,5 yevroni tashkil etib, 4,5 foizga arzonlashgan.

    Yevropa gaz narxi suyultirilgan gaz yetkazib berishning ko‘payishi va zahiralar tufayli yuzaga kelgan talabning zaifligi tufayli tushmoqda, — deb yozadi Reuters.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropadagi gaz omborlari 64,3 foizga to‘lgan. Buyuk Britaniyada gaz tizimidagi gazning ortiqcha miqdori 16,1 million kub metrni tashkil etdi.

    Bundan tashqari, Buyuk Britaniya va Shimoliy-G‘arbiy Yevropada yaqin ikki hafta ichida havo harorati me’yordan yuqori bo‘lishi kutilmoqda, bu esa isitish uchun gazga bo‘lgan talabni kamaytiradi, — dedi Refinitiv tahlilchisi Yuriy Onyshkiv.

    Bir kun avval, 17-may kuni Vladimir Putin Rossiya “jahon bozorlarida ma’lum narx muhitini saqlab qolish” uchun gaz qazib olishni qisqartirganini ma’lum qilgan edi.

    2022-yil davomida gaz narxi qanday o‘zgardi?

    Yevropa Ittifoqi 2022-yilning uchinchi choragida gaz sotib olishga rekord miqdorda 101 milliard yevro sarfladi.

    Yanvar oyi boshida Yevropa Ittifoqi davlatlari omborlardagi zaxira gazdan foydalanishni ikki baravar oshirdi.

    Londondagi ICE birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, 5-yanvardagi savdolar boshida Yevropada gaz narxi 2021-yil sentabridan beri ilk bor 1 000 kub metr uchun 700 dollardan pastga tushgan.

    2022-yilning 22-dekabr kuni Yevropa Kengashi gaz narxining chegarasini MVt/soat uchun 180 yevro miqdorida rasman tasdiqladi.

    U 2023-yil 15-fevraldan kuchga kiradi. Ushbu qaror fonida Yevropada gaz narxi 2022-yil 26-oktabrdan beri ilk bor 1 000 dollardan pastga tushdi va bu jarayon davom etdi. 4-yanvar holatiga esa u 750 dollardan pastga tushgan edi.

    Yevropada gaz narxi 2021-yilning bahoridan beri oshib borayotgan edi. Bir yil avval gaz narxi 250-300 dollar edi va dekabr oyida birinchi marta 2000 dollardan oshdi.

    2022-yil 7-mart kuni esa gazning birja narxi tarixda birinchi marta ming kub metr uchun 3 900 dollargacha ko‘tarilgan edi.

    Mutaxassislar narxlarning oshishini Osiyoda suyultirilgan gazga bo‘lgan talab, yirik yetkazib beruvchilar tomonidan cheklangan ta’minot va Yevropadagi yerosti omborlari bilan bandlik darajasi pastligi bilan izohlagan.

    Gaz narxi oshishining qo‘shimcha omili Rossiyaning DXR va LXR mustaqilligini tan olishi, shuningdek, Ukrainadagi urush va undan keyin Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etilishi bo‘lgan. Jumladan, Rossiyadan Germaniyaga o‘tadigan “Shimoliy oqim 2” gaz quvuri loyihasi muzlatib qo‘yilgani ham bunga sabab edi.

    2022-yil 25-avgust kuni esa Yevropada gazning spot narxi mart oyi boshidan buyon rekord darajaga yetgan edi — ming kub metr uchun 3,5 ming dollar.

    Bu davrda ham gaz narxining oshib ketishiga asosan issiq havo va qurg‘oqchilik sabab bo‘lgan edi. Yuqori harorat ortidan daryolar sayozlasha boshladi va bu ular orqali ko‘mir tashish qiyinlashgan. Buning ortidan elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun gazga bo‘lgan talab oshib ketgan.

    “Gazprom” bu qishda Yevropada gaz narxi ming kub metr uchun rekord darajadagi 4 ming dollardan oshishini prognoz qilgan edi.

    2022-yilning 28-avgustida esa Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Yevropada gaz narxi 5 000 yevrogacha oshib ketishini prognoz qilgan edi.

    Yevropada energiya inqirozi hali yakunlanmagan bo‘lsa-da, mintaqada retsessiya kutilmayapti. Gaz narxi esa issiq ob-havo, yashil energiya va boshqa sabablar tufayli tushishda davom etmoqda.

    Avvalroq dunyodagi eng yirik gaz xaridori 2023-yilda narxlar oshishi haqida ogohlantirgani haqida xabar berilgan edi.

    18.05.2023, 17:51   Izoh (0)   4475
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish sekinlashadi. Rossiya bilan savdo aloqalari esa mintaqaga xavf keltirib chiqarishi mumkin — XVJ

    18.05.2023, 08:20

    Dunyo bo‘ylab eng boy 1 foiz aholiga qo‘shilish uchun qancha pul kerak?

    17.05.2023, 18:53

    O‘zbekistonga venchur mablag‘lari kelib tushdi. Ilgari vaziyat qanday edi?

    17.05.2023, 16:10

    O‘zbekistonliklar naqd puldan voz kechishga tayyormi?

    11.05.2023, 22:55

    O‘zbekistonda kobrend bank kartalari: ular aslida nima va odatiy kartalardan farqi qanday?

    08.05.2023, 19:49

    “Fransiya O‘zbekistonga yadro reaktorlarini taklif qilishi mumkin” — Olive Besht

    06.05.2023, 14:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevropa rahbarlari Alyaskadagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot tayyorlashdi — Tusk

    Dunyo | 16 avgust, 16:05

    O‘zbekiston Mo‘g‘ulistondan 100 ming bosh qo‘y va echki sotib oladi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 15:46

    Dizaynerlar qo‘lida bor narsalardan yaratgan: mashhur filmlardagi afsonaviy kostyumlar

    Kino | 16 avgust, 15:30

    OpenAI ChatGPT ilovasidan qancha daromad olgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 16 avgust, 15:11

    Avstraliyalik olimlar mahalliy qushlarning ayrim turlari jinsini o‘zgartirishi mumkinligini aniqladi

    Dunyo | 16 avgust, 14:59

    Taqiqlangan diniy materiallar tarqatgan jizzaxlik 19 yoshli yigitga sud hukmi o‘qildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 14:45

    O‘zbekiston terma jamoasini 71 yoshli turkiyalik murabbiy boshqarishi mumkin

    Sport | 16 avgust, 14:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.