9-may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinni paradga kuzatib borayotgan mashinalar orasida Xitoyning Tank 500 rusumli yo‘ltanlamas avtomobili ko‘zga tashlandi, deb yozmoqda The Moscow Times.
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari birin-ketin rasmiy mashinalarni o‘zgartirmoqda. Toyota va Mercedes avtomobillari o‘rniga ular Xitoy Tank’idan foydalanishga o‘tmoqda.
Tank 500 Rossiya prezidenti kortejida paydo bo‘lgandan so‘ng darhol uning narxi 20 foizga oshdi. Rossiyada bu avtomobilning asosiy versiyasi narxi hozirda 6,5 million rubldan (81 ming dollar) maksimal 7 million rublga (87 ming dollar) yetadi. Biroq Rossiyada bu avtomobillarning zaxiralari yo‘q. Natijada Tank 500 ni sotib olish uchun navbat paydo bo‘lgan: yetkazib berishni kutish muddati kamida ikki oy.
Zaxiradagi G‘arb brendlari deyarli sotib bo‘lingandan keyin Xitoy avtomobillari rus avtomobillarga asosiy muqobil bo‘lib qolmoqda.
Izoh (0)