Hindiston hukumati mustamlakachilik davrida Buyuk Britaniyaga olib ketilgan minglab qimmatbaho artefaktlarni qaytarishni ko‘zda tutadigan uzoq muddatli diplomatik kampaniyani boshlamoqda, deb xabar berdi Telegraph o‘z manbalariga tayanib.
Hindistonning vazirlik va diplomatik xodimlari imperiya davrida Britaniyaga olib ketilgan minglab artefaktlarning qaytarilishini ta’minlashda ishtirok etadi.
Nashrning ta’kidlashicha, bu Buyuk Britaniya olib chiqib ketgan artefaktlarni qaytarish bo‘yicha eng katta talab bo‘lishi mumkin. Xususan, Hindiston dunyodagi eng mashhur Ko‘hinur olmoslaridan birini qaytarishni rejalashtirmoqda.
Artefaktlarni qaytarish jarayoni shu yildan boshlanishi kerak.
Avvalroq Madxya-Pradesh shtatidagi Bandxavgar milliy bog‘ida olimlar ko‘plab sun’iy suv havzalari va yoshi ikki ming yilgacha bo‘lgan boshqa artefaktlarni topgani xabar qilingandi.
Izoh (0)