Tadbir tashkilotchilari Zelenskiyning Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 160 million auditoriyaga murojaati musobaqani siyosiylashtirishi mumkin deb hisoblamoqda.
“Musobaqa asoslaridan biri bu tadbirning siyosiy emasligidir. Ushbu tamoyil musobaqa davomida siyosiy yoki boshqa bayonotlarni taqiqlaydi. Janob Zelenskiyning ‘Yevrovideniye’ qo‘shiq tanlovida tomoshabinlar oldida chiqish qilish bo‘yicha so‘rovi, garchi u yaxshi niyat bilan qilingan bo‘lsa-da, afsuski, Yevropa radioeshittirishlar ittifoqi rahbariyati tomonidan qanoatlantirilmaydi, chunki bu tadbir qoidalariga ziddir”, — deya ma’lum qildi The Times nashriga tashkilotchilar vakili.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova Zelenskiyning “Yevrovideniye”dagi murojaati man qilinganini izohlar ekan, shunday yozdi: “Bekor man qilishibdi. Bu yil Zelenskiy ‘Yevrovideniye’ ishtirokchilariga munosib raqobatchi bo‘la olardi”.
Izoh (0)