Ukrainaga Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va tashkilotlari tomonidan berilgan umumiy yordam 16 milliard yevroni tashkil qildi. Bu haqida Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Josep Borrel Mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha Yevropa konferensiyasida aytib o‘tdi.
“Birinchi transh 500 million yevro edi. Bugun biz 6 milliard yevroga yaqinlashmoqdamiz. Yevroittifoq davlatlari va tashkilotlari birgalikda 16 milliard yevro miqdorida yordam ko‘rsatdi va bu yordam hali davom etadi”, — dedi u.
Avvalroq, AQSH Ukrainaga yangi harbiy yordam paketi tayyorlayotgani, ushbu yordam hajmi 1,2 milliard dollarni tashkil etishi mumkinligi xabar qilingandi.
Izoh (0)