Shavkat Mirziyoyev aholi tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib olish dasturi qamrovini oshirish bo‘yicha topshiriq berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan savdo va servis korxonalariga quyosh panellari uchun kredit to‘lovlarining 4 foizi qoplab beriladi.
Xalqaro moliya tashkilotlaridan 100 million dollar jalb qilinib, so‘mda, maqbul shartlarda aholi va kichik tadbirkorlar uchun “yashil” kredit mahsulotlari yaratiladi. Aholiga ajratilgan kredit foizlarining bir qismini kompensatsiya qilish uchun 100 milliard so‘m ajratiladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga aholi va tadbirkorlarga berilgan “yashil“ kreditlar foizlarining bir qismini qoplash tizimini joriy qilish topshirildi. Shuningdek, ”yashil energiya” sertifikatlari tizimi joriy qilinadi. 1-iyuldan boshlab gidroelektr stansiyalariga “yashil” sertifikat beriladi. Ushbu tizim 1-oktabrdan boshlab barcha qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun joriy qilinadi.
Izoh (0)