O‘zbekiston banklari tomonidan 2023-yilning birinchi choragida 30,5 trln so‘mlik daromad olingan. Bu haqda Markaziy bankdan ma’lum bo‘ldi.
Bunda foizsiz daromadlar 11,7 trln so‘mni, foizli daromadlar esa 18,8 trln so‘mni tashkil qilgan.
Dastlabki chorakda O‘zbekiston banklarining foizli va foizsiz xarajatlari mos ravishda 12,2 trln so‘m va 2,3 trln so‘m bo‘lgan. Shuningdek 3,9 trln so‘mlik operatsion xarajatlar qilingan.
Uch oyda O‘zbekistondagi banklar 789 mlrd so‘mlik foyda solig‘ini to‘lagan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 129 mlrd so‘mga ko‘p.
Banklar yanvarda 3 trln so‘mdan oshiq sof foyda ko‘rgan. Bu 2022-yilning shu davriga nisbatan 1,1 trln so‘mga ko‘proq.
Izoh (0)