Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Namangan viloyatidagi saylov uchastkalarida yangi tahrirdagi Konstitutsiya bo‘yicha referendumda ovoz berish jarayonlari davom etmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Faxriddin ota Muhiddinov
Foto: Jahongir Akramov

Namangan shahridagi saylov uchastkalaridan birida 91 yashar Faxriddin ota Muhiddinov ovoz berdi.

Foto: Jahongir Akramov

“Jamoa xo‘jaligida uzoq yillar traktorchi bo‘lib ishlab, oilamni tebratdim. 6 o‘g‘il, ikki qiz, 46 nafar nabiram bor. Evara-chevaralarning sanog‘ida gohida adashib ham ketaman. Har gal saylov bo‘lganida erinmay o‘zim chiqaman, o‘rningizga chiqa qolaylik deyishsa ham ko‘nmayman”, — deydi otaxon.

Foto: Jahongir Akramov

U kishi yashaydigan Furqat nomli mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Saodat Xolboyevaning aytishicha, otaxon saylov uchastkasiga kelayotganida pasportini unutib qoldirgan. “Sizni taniymiz-bilamiz, ovora bo‘lmang” deyishlariga ham qaramay, erinmay xonadoniga borib, pasportini olib kelgan va ovoz berishda ishtirok etgan.

Foto: Jahongir Akramov

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Mahalliy
Qatar amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Karyera
Hokimiyat ularning qo‘llarida: Butun dunyoni boshqaradigan beshta oila (foto)