• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” so‘rovidan so‘ng “O‘zbektelekom” o‘tkazgan 242 mln so‘mlik tender bekor qilindi

    “O‘zbektelekom” aksiyadorlik jamiyati 3–10-aprel kunlari qurilish texnikasi ijaraga olish bo‘yicha boshlang‘ich narxi 246 million 100 ming so‘m bo‘lgan tender o‘tkazgan. “Daryo” muxbiri lot ma’lumotlarini ko‘zdan kechirish jarayonida xaridda raqobat uyushtirgan korxonalar o‘rtasida bog‘liqlik borligini aniqladi.

    Skrin: “etender.uzex.uz”

    Tender “O‘zbektelekom”ning Samarqand filialidagi qurilish ishlari uchun ekskavator texnikasini ijaraga olish yuzasidan o‘tkazilgan. G‘olib korxona 60 kun muddatda mahsulotni yetkazib berishi kerak.

    Skrin: Xarid loti bayonnomasi

    Lotni yutish uchun uchta korxona raqobatlashgan. Yakuniy natijaga ko‘ra, “Temur Gaz” MCHJ tender g‘olibi (shartnoma summasi 242 million 890 ming so‘m), “Trans Avto Oqsoy” MCHJ zaxira yetkazib beruvchi deb topilgan.

    Skrin: Statistika agentligi
    Skrin: Statistika agentligi

    Tender ishtirokchisi bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining rahbariyati bilan tanishish jarayonida shubhali holat aniqlandi. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, g‘olib “Temur Gaz”ning 100 foizlik ta’sischisi Hakimov Do‘stmurod To‘ychiyevich hisoblanadi, rahbar esa Hakimov Sunnatulla To‘ychiyevich. E’tiborlisi, tenderda unga raqobat qilgan “Trans Avto Oqsoy” MCHJning ta’sischi va rahbari ham Hakimov Do‘stmurod To‘ychiyevich hisoblanadi.

    “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning 68-moddasiga ko‘ra esa, tender ishtirokchisi faqat bitta taklif berishga haqli.

    “Daryo” muxbiri holat yuzasidan izoh olish maqsadida g‘olib tadbirkor hamda “O‘zbektelekom” matbuot xizmati bilan bog‘landi. O‘zini Hakimov Do‘stmurod deb tanishtirgan shaxs haqiqatdan ham ikkala MCHJ o‘ziga tegishli ekanini tasdiqladi.

    “Rostdan ham ikkisining ta’sischisi bir odam — men. Hakimov Sunnatulla esa akam bo‘ladi, u direktorimiz”, — dedi Hakimov Do‘stmurod To‘ychiyevich.

    “O‘zbektelekom”ga lot bo‘yicha yuborilgan so‘rovga quyidagicha javob keldi:

    “Tender xarid qilish tartib-taomillariga asosan o‘tkazilgan. Elektron tizim texnik talablariga binoan, xarid komissiyasi a’zolari hamda komissiya kotibi ishtirokchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va ularning narx takliflarini ko‘rish imkoniyatiga ega emas, faqatgina takliflarni texnik jihatdan baholash funksiyasini bajaradi. Ishtirokchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda ularning narx takliflari savdo jarayonlari to‘liq tugagandan so‘ng elektron tizim tomonidan oshkor qilinadi”.

    Aksiyadorlik jamiyatining ma’lum qilishicha, ushbu lot bo‘yicha savdo natijalari 26-aprel kuni soat 09:52 da tugagan bo‘lib, aniqlangan affillanganlik holati yuzasidan g‘olib va zaxira tashkilotlari nomiga shartnoma imzolanmasi to‘g‘risida tegishli murojaatlar yuborilgan.

    27.04.2023, 12:13   Izoh (0)   4708
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Abduqahhor Qosimov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda qurilish mollari sotib olish bo‘yicha o‘tkazilgan 30 mln so‘mlik tenderda qarindosh aka-uka bir-biri bilan “raqobatlashdi”

    19.04.2023, 11:27

    Maxsus matodan tikiladi, kompyuterda ranglanib, 60 metr balandlikka o‘rnatiladi — Qiziltepa obodonlashtirish boshqarmasi 71 mln so‘mlik bayroqlar haqida

    19.04.2023, 12:43

    Ohangaronda amalda faoliyat ko‘rsatmayotgan korxona 105 mln so‘mlik tenderlarni yutib oldi 

    26.04.2023, 16:42

    Shavkat Umurzoqov BAA kompaniyasi bilan oqova suvlarni tozalovchi yangi inshoot masalasini muhokama qildi

    27.04.2023, 11:10

    “O‘zgidromet” 28-aprelda qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi 

    27.04.2023, 12:03

     Baxtiyor Saidov Xitoy tashqi ishlar vaziri bilan muzokara o‘tkazdi 

    27.04.2023, 11:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.