Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 6-turi doirasida kechgan “Bunyodkor” — “Nasaf” uchrashuvidan (1:1) keyin har ikki jamoa vakillari o‘rtasida janjal yuzaga keldi.
“Bunyodkor” futbolchilari 90+6-daqiqada gol urganidan keyin golni qarshilik muxlislar yoniga borib nishonladi va shundan keyin futbolchilar o‘rtasida tortishuv kelib chiqdi. Hakam hushtagi chalinganidan keyin ham tortishuv davom etdi. Ma’lum vaqt futbolchilar tinchlandi.
“Bunyodkor” sardori Davron Ergashevning emotsional hayqiriqlari maydonni tark etayotgan “Nasaf” vakillariga yoqmadi va o‘rtada yana janjal boshlandi. Tribunalar ostida ham ikki jamoa vakillari uzoq vaqtgacha bir-birini haqoratlagan holda janjallashishda davom etdi. Vaziyatga xavfsizlikni muhofaza qiluvchi organ xodimlari aralashdi.
O‘yindan keyingi matbuot anjumanida “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiyev janjal nimadan kelib chiqqanini aytdi.
O‘yindan keyin hamma tinchlanib, maydonni tark etayotgan edi. Ergashev biz tomonga ishora qilib, har xil qiliqlar amalga oshirdi. Bunday vaziyatda istalgan odam buni javobsiz qoldirmaydi. Uning yoniga bordim va shunday dedim: “Nima qilyapsan. Katta odamsan, bunaqa qiliqlar ko‘rsatishing nimasi? Hatto o‘yinni yutganing yo‘q. Uyingda durang o‘ynading”. Bu futbolchi bilan bunday holat yuz berishi birinchi marta emas, avval ham shunga o‘xshash vaziyat bo‘lgan, — deydi Berdiyev.
Izoh (0)