Samarqand tumanidagi 26-maktab hojatxonasiga kamera o‘rnatilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, holat Samarqand tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari tomonidan atroflicha o‘rganildi. O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari R.Sh. o‘g‘il bolalar hojatxonasida tozalikka rioya etilmayotgani sababli ularni tartibga chaqirish uchun o‘rnatgan.
Ushbu kamera (mulyaj) yaroqsiz bo‘lib, tarmoqqa ulanmagan bo‘lgan. O‘rganishlardan so‘ng uskuna olib tashlangan.
Xabarda ma’lum qilinishicha, ishchi guruh tomonidan maktab ma’muriyati bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Maktabda shunday vaziyatga yo‘l qo‘yganligi uchun ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari R.Sh. ga hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.
Avvalroq Qo‘qon pedagogika institutining qizlar yotoqxonasiga kamera o‘rnatilgani aniqlangandi. Jarayonda ishtirok etib, xizmat vazifasini suiiste’mol qilgan 4 nafar mas’ul xodim, jumladan, prorektor egallab turgan lavozimidan ozod etilib, bir nafar mutaxassisga intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgandi.
Izoh (0)