• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qariyb 4 yil nazoratda ushlangan, eng yaxshi asari “tamaki qilib chekilgan”, uylarini o‘z qo‘li bilan qurgan Abdulla Qodiriy — adibning uy-muzeyidan reportaj (video)

    10-aprel kuni o‘zbek romanchilik maktabi asoschisi Abdulla Qodiriy tavalludiga 129 yil to‘ldi. Sana munosabati bilan “Daryo” muxbiri adibning Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan uy-muzeyiga uyushtirilgan press-turdan reportaj tayyorladi.

    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    Tadbir avvalida Abdulla Qodiriyning nabirasi Xondamir Qodiriy press-tur ishtirokchilarini uy-muzeyning tashkil etilish tarixi va hozirgi faoliyatiga doir ma'lumotlar bilan tanishtirdi.

    “Bobomning katta hovlisi bo‘lgan, u kishi shu yerda yashagan. Hozir bu joy faqat Abdulla Qodiriyning emas, balki uning o‘sha davrda yashab o‘tgan safdoshlarining ham muzeyi hisoblanadi”, — deydi Xondamir Qodiriy.

    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    Ushbu uy-muzeyi davlat rahbari tashabbusi bilan Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yilligiga atab 2019-yilda ochilgan. Bu hovlida adib yashagan ikki qavatli uy va shiypon bo‘lib, uni Qodiriyning o‘zi ustalar yordamida qurgan. U bu uyda 1937-yilgacha yashagan.

    “Bu muzeyni tashkil qilishni butun xalqimiz xohlagandi. Prezident esa bu istakka labbay deb javob berdi. Hozir muzeyni o‘sha davrga oid buyumlar bilan to‘ldirish payidamiz”, — deydi Qodiriy nabirasi.

    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    Uy-muzeyning umumiy maydoni 70 sotix bo‘lib, u yerda 4 ta xona, alohida yozgi shiypon va uning birinchi qavatidagi bitta xonadan iborat. Shuningdek, 2019-yili hovlida kutubxona, konferensiya va ko‘rgazma zallari ham qurilgan. Kutubxonada hozirgi kunda 20 ming dona kitob mavjud.

    “Abdulla Qodiriy faqat badiiy asar yaratgan emas, u kishi o‘z qo‘li bilan shiyponlar, uylarni bunyod qilgan. Qodiriy hayotni yaxshi bilgan. Faqat kitob o‘qib, birorta film ko‘rib, keyin unga qarab asar yaratadigan musavvir emas, hayot musavviri edi”, — filologiya fanlari doktori Bahodir Karimov.

    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    Abdulla Qodiriyning ilk asarlari nashr etilgan gazeta va jurnallar, dastlabki kitoblari, boshqa tillarga o‘girilgan asarlari ham shu yerda jamlangan. Muzey hovlisida adib haykali ham bunyod etilgan.

    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    Shuningdek, uning asarlarini kitobxonlar oldida gavdalantirish uchun “O‘tkan kunlar” romani qahramoni Kumush Marg‘ilondan Toshkentga kelgan ramziy arava monumenti ham qo‘yilgan.

    “Otamning aytishlaricha, 1935-yilning oxirlaridan boshlab bu mahallada buvamizni kuzatishga odam qo‘yilgan. U doim mahallaning u chetidan bu chetiga yurarkan. Buvam qattiq xafa bo‘larkan, ko‘chaga ham chiqolmas ekan. Albatta, bu odamning g‘ashiga, nafsoniyatiga tegadi. Shuning uchun u odam 1936-yilning boshidan keyin ko‘chaga ham chiqmay qo‘ygan ekanlar. Nomaqbul ishlardan norozi bo‘lib, uylarida qolib ketganlar”, — deya hikoya qildi Xondamir Qodiriy.

    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    Tadbirda ishtirok etgan yoshi keksalardan biri Abdulla Qodiriyning saqlab qolinmagan asari haqida gapirib berdi. Unga ko‘ra, bir kuni Abdulla Qodiriy folknorshunos olima Muzayanaxonni ko‘rib qolib, “men bir kitob yozdim. Mana, ‘O‘tkan kunlar’ romanini qanaqa maza qilib o‘qiysizlar. Yaqinda ‘Amir Umarxonning kanizi’ degan kitob yozdim. Agar shu kitobim chiqadigan bo‘lsa, xavotirdamanki, ‘O‘tkan kunlar’ni hech kim o‘qimay qolishi mumkin. Dahshatli zo‘r asar bo‘lgan”, — degan ekan. Qodiriy hibsdaligida esa qamoqdagi askarlar ushbu asar qo‘lyozmalarini maxorka (tamaki) qilib chekib yuborgan. Shu tariqa asar kulga aylanib, hozirgacha yetib kelmagan.

    11.04.2023, 16:47   Izoh (0)   10118
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Abduqahhor Qosimov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qoraqalpog‘istonda maktab o‘quvchilariga berilayotgan bepul oziq-ovqat mahsulotlari orasidan qum va qizlar to‘g‘nog‘ichi chiqdi (video)

    11.04.2023, 16:36

    O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket to‘rtinchi kun ko‘tarildi

    11.04.2023, 16:19

    Toshkentdagi maktabda 8-sinf o‘quvchisi vafot etdi

    11.04.2023, 15:53

    Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    11.04.2023, 15:46

    “Men ushbu g‘alaba bilan faxrlanaman” — Saida Mirziyoyeva ayollar va voyaga yetmaganlarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan qonun imzolangani haqida

    11.04.2023, 15:28

    Samarqanddagi maktablarning birida hojatxonaga kamera o‘rnatilgani aniqlandi

    11.04.2023, 15:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.