O‘zbekistonda 2023-yilning mart oyida 1 foizlik inflyatsiya qayd etildi. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda.
Iste’mol narxlari yil boshidan beri 2,4 foizga oshgan. Yillik inflyatsiya pasayib 11,7 foizni tashkil qildi. Bu 2022-yil may oyidan beri eng past ko‘rsatkich.
Mart oyida Restoran va mehmonxona xizmatlari bo‘limi bo‘yicha narxlar 2,8 foizga oshgan. Oziq-ovqat mahsulotlari va spirtsiz ichimliklar bo‘limi bo‘yicha bu ko‘rsatkich 1,6 foizni, spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari bo‘yicha esa 1,43 foizni tashkil qildi.
Yakunlangan oyda narxlar o‘sishi bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlari yetakchi bo‘ldi. Mazkur guruh uchun yillik narxlar o‘sishi 14,6 foizga yetdi va bu so‘nggi uch yildagi eng yuqori ko‘rsatkich.
Martda fevralga nisbatan qovoq (29,8 foiz), pomidor (20,2 foiz), karam (17,1 foiz) va ko‘katlar (15 foiz) narxi keskin oshdi.
Piyoz narxlari esa o‘tgan oy 1,4 foizga arzonlagan bo‘lsa ham, 2022-yilning martiga nisbatan 135,5 foizga oshgan.
Izoh (0)