Toshkentning Shayxontoxur tumanida plastmassa mahsulotlarini saqlash omborida yong‘in yuz berdi.
FVV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Toshkent halqa aylanma yo‘li ko‘chasida joylashgan ushbu omborda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar shahar FVBga 30-mart kuni soat 14:04 da kelib tushgan. Shunga ko‘ra 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:06 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:51 da qurshab olingan va soat 15:23 da bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh (0)