Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyatining tog‘oldi hududlaridan hisoblanadigan Parkent qishloqlariga sel kelgani haqida xabarlar tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur xabarlar yuzasidan maʼlumot berdi

Xabarga ko‘ra, haqiqatan ham bugun kunning ikkinchi yarmida Parkent tumanida kuchli bo‘lmagan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kuzatildi. Ammo ushbu tarqalgan videoda sel kelgani aks etgan tasvirlar 2022-yilning 14-may kuni Parkent tumani “Nurobod” mahallasi Shaxay ko‘chasida yuzaga kelgan. 

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati toshqinga qarshi komissiya tomonidan toshqin suvlarini xavfsiz o‘tkazib yuborish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olingan. Sel oqimlari, suv toshqinlari hamda ko‘chki xavfi yuqori bo‘lgan hududlar tanlab olinib, aholi va hududlarga xavf solishi mumkin bo‘lgan joylarda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi muhandislik tadbirlarini maxsus-o‘quv taktik mashqlar orqali muntazam amalga oshirib kelmoqda. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan viloyatning tog‘ va tog‘oldi hududlarida 7 ta nazorat kuzatuv postlari tashkil etilgan bo‘lib, ular tomonidan doimiy nazorat o‘rnatilgan.

“Shu o‘rinda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan asossiz, noto‘g‘ri xabarlarni tarqatmaslikni so‘rab qoladi”, deyiladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Yolg‘onlar imperiyasi” va rus terrorining boshlanishi. 10 marotaba suiqasdga uchragan imperator — Aleksandr II ning muvaffaqiyatsiz islohotlari
Mahalliy
Toshkentning 4 ta tumanida elektr energiyasi ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi
Dunyo
Trampga yana bir jinoiy ishda ayblov e’lon qilindi