O‘zbekiston davlat qarzi 2022-yilda 29,2 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar bermoqda.
29,2 mlrd dollar — O‘zbekiston davlat qarzining shu paytga qadar eng yuqori ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Ma’lum bo‘lishicha, to‘rtinchi chorakda davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 36,4 foizga yetgan. Bu avvalgi chorakka nisbatan 2,3 foizga ko‘proq.
2022-yilning oxirgi choragida davlat qarzi 2021-yil bilan solishtirilganda 2,9 mlrd dollarga, uchinchi chorakka nisbatan esa 3,1 mlrd dollarga ko‘paygan.
Mamlakatda davlat qarzi 2022-yilda 2017-yilga nisbatan 17,6 mlrd dollarga ko‘paygan.
Izoh (1)
Қанчага ошганлиги эмас. Олинаётган ташқи қарз қанчалик иқтисодий ва ижтиомий самара бераётганлигини соҳалар кесимида аниқ фактлар билан очиқланса ховотирларга ўрин қолмасди.