• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Sevimli rafiqasi vafotidan so‘ng taqdirini hech kim bilan bog‘lamay, o‘g‘illarini yolg‘iz tarbiyalagan amerikalik aktyor Liam Nison hikoyasi

    Ko‘pchilik kino muxlislari uchun Liam Nison qizini asirlikdan, samolyot yo‘lovchilarini esa aviahalokatdan qutqara oladigan qo‘rqmas qahramon sifatida tanilgan. Haqiqiy kino ixlosmandlari esa uni Oskar Shindler roli ijrochisi sifatida bilishadi. Ammo bugun biz uning muvaffaqiyatli kino karyerasi haqida emas, balki aktyor hayotining fojiali tomoni haqida ma’lumot bermoqchimiz. 2009-yilda baxtsiz hodisa natijasida u suyukli rafiqasidan ayrildi. Shu kungacha taqdirini hech kim bilan bog‘lamadi — o‘zini ishi va bolalariga bag‘ishladi.

    Liam va Natasha, 2008-yil
    Foto: Getty Images

    Irlandiyalik aktyor va ingliz aktrisasining sevgi hikoyasi 1993-yilda Brodveyda “Anna Kristi” spektaklida birga rol o‘ynashganidan boshlangan. 29 yoshli Natasha Richardson o‘sha paytda prodyuser Robert Foksga turmushga chiqqan edi, lekin juftlik allaqachon ajralish jarayonida edi. Garchi Liam o‘sha paytda ayolparvar sifatida tanilgan bo‘lsa-da, uning obro‘si Natashaga ta’sir qilmadi. “Ayollarning uni yoqtirib qolishlaridan xursandman, chunki nima uchunligini bilaman”, — deydi u.

    Richardson o‘zini ashaddiy bo‘ydoq deb hisoblagan Nisonni sevib qoladi. 1994-yilda ular Nyu-York shtatidagi kichik fermada turmush qurishadi. “Umr yo‘ldoshim bilan uchrashish baxtiga erishganimga ishonolmayman”, — deydi Richardson.

    Liam va Natasha, 1993-yil
    Foto: Getty Images

    Xuddi shu yili ular “Nell” filmida birga rol o‘ynashadi. 1995-yilda to‘ng‘ich farzanlari Maykl, keyingi yili ikkinchi o‘g‘il Deniyel tug‘iladi.

    Natasha o'g'illari bilan, 2008 yil
    Foto: Getty Images

    Ularning munosabatlari havas qilarli bo‘lib, boshqa yulduzli juftliklar uchun namuna edi. Ammo 2009-yil mart oyida sodir bo‘lgan dahshatli fojia tufayli hammasi vayron bo‘ldi. Richardson Kanadaning Kvebek shahridagi yangi trassada shlemsiz chang‘i uchayotganda boshidan jarohat oladi. Avvaliga aktrisa jarohatga ahamiyat bermaydi, chunki uni hech narsa bezovta qilmagan. “Biz qo‘ng‘iroqlashdik va u shunchaki azizim, men hozirgina qorda yiqilib tushdim, dedi”, — deb eslaydi Nison 2014-yilda.

    Ammo bir necha soat o‘tgach, to‘satdan ayolning ahvoli yomonlashadi — hushini yo‘qotadi va komaga tushib qoladi. Uni Monrealdagi kasalxonaga olib ketishadi. O‘sha paytda Torontoda “Xloya” filmida suratga tushayotgan Liam darhol kasalxonaga xotini oldiga uchib keladi. Sevgilisi oldiga kelganida (halokatdan bir necha soat o‘tgan edi), shifokorlar unga Richardsonning allaqachon miyasi o‘lganini va apparatda ushlab turishganini aytishadi.

    Liam va Natasha, 1996 yil
    Foto: Getty Images

    Ma'lum bo‘lishicha, aktrisa boshidan jiddiy jarohat olgan. Shifokorlar Nisonga Natasha miyasining rentgenogrammasini ko‘rsatishganda, u hammasini tushunadi: “Men uning oldiga bordim va azizam, men seni yaxshi ko‘raman. Meni eshityapsanmi, yo‘qmi, bilmayman, lekin bo‘lar ish bo‘ldi. Biz seni Nyu-Yorkka olib ketamiz. Oilang va barcha do‘stlaring keladi, dedim”.

    Dafn marosimidan so‘ng aktyor Natasha bilan bir narsa haqida oldindan kelishishganini aytadi: agar ulardan biri vegetativ holatga tushib qolsa, ikkinchisi hayotni ta'minlash qurilmasini o‘chirishi kerak. “Uni qurilmaga ulangan holda ko‘rganimda darhol kelishuvimiz haqida o‘yladim”. Natasha o‘zining uchta organini (yurak, buyrak va jigar) boshqalarga beradi — u uch kishining hayotini saqlab qoladi.

    Liam va Natasha, 2007 yil
    Foto: Getty Images

    Qayg‘uga dosh berish uchun Liam Nison ishga kirishadi (2009-yildan hozirgi kungacha u 50 ga yaqin filmda o‘ynashga muvaffaq bo‘ldi) va o‘zini o‘g‘illarini tarbiyalashga bag‘ishlaydi. Onasi vafot etganida ular atigi 12 va 13 yoshda edi. “Ishsiz o‘zimni yomon his qildim. Ayniqsa o‘g‘illarim oldida qayg‘uli va tushkun ko‘rinishni xohlamadim”, — dedi aktyor.

    Shunday bo‘lsa-da, Nison uchun yaqin odamini yo‘qotishni qabul qilish qiyin edi. Intervyularining birida u Natashaning o‘limidan 13 yil o‘tgan bo‘lsa ham, eshik ochilganida xotinining uyga kirishini, uning ovozini, stolga kalitlarni qanday tashlaganini eshitgandek bo‘lishini aytadi.

    U suratga tushgan filmlardagi ba’zi sahnalar unga ayriliqni eslatadi. “Bu to‘lqinga o‘xshaydi. Siz uch oyoqli stol kabi beqarorlikni chuqur his qilasiz. Yer endi barqaror emas. Keyin hammasi o‘tib ketadi, lekin ba’zida bu meni qamrab oladi”, — deydi aktyor.

    Foto: Getty Images

    Nison Natashani shunchalik sog‘inadiki, u haqidagi o‘ylar hamon uni hayajonga soladi. “Qayg‘uning g‘alati tomoni shundaki, unga tayyorlana olmaysiz. Siz yig‘lab, tinchlanaman deb o‘ylaysiz. Ammo g‘am yarim tunda keladi. Bir o‘zim sayr qilib yuribman, o‘zimni ancha mamnun va baxtli his qilaman. Keyin to‘satdan ko‘kragingizda nimanidir his qilgandek bo‘lasiz”, — deydi Nison.

    “Tasha uyimizdan uzoq bo‘lmagan joyga, buvisining yoniga dafn etilgan. Men haftasiga 1 yoki 2 marta Tashaning qabriga boraman. Menga u bilan gaplashish yoqadi”, — deya qo‘shimcha qiladi aktyor.

    Foto: Getty Images

    Liam Nisonning rafiqasi haqidagi xotiralaridan, ishidan tashqari, uning ajoyib o‘g‘illari ham qutqardi. Natasha Richardson vafotidan so‘ng Liamning qaynonasi, aktrisa Vanessa Redgreyv bolalarni tarbiyalashda unga yordam beradi. Nisonning aytishicha, uning oilasi ishonchli qo‘llarda. “Mening ajoyib yordamchi jamoam bor. Agar ish bilan ketsam, qaynonam biznikiga ko‘chib o‘tadi”, — deydi aktyor.

    Vanessa Redgreyv nevaralari bilan, 2010 yil
    Foto: Getty Images

    Liamning aytishicha, u o‘g‘illarining o‘sishi, mushaklariga kuch qo‘shilishi, yangi yo‘llarni kashf qilishini kuzatar ekan, onalarining tirik bo‘lishini orzu qiladi — bu tajribalarni o‘g‘illari bilan baham ko‘rish uchun. Bundan tashqari, aktyorning ta'kidlashicha, u o‘g‘illari o‘z hayoti va oilasini butunlay o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan yomon odatlarga berilib qolmasligidan doimo xavotirda.

    Ammo u farzandlariga ishonadi, chunki ular aqlli bolalar. Aktyor o‘g‘illari bilan juda faxrlanadi va ular nima bo‘lishidan qat’i nazar, otalari doimo ular bilan birga bo‘lishini bilishlarini ta’kidlaydi.

    Liam o'g'illari bilan, 2011 yil
    Foto: Getty Images

    Voyaga yetganida Liamning to‘ng‘ich o‘g‘li Maykl otasining duosi bilan onasining familiyasini oldi va rasman Maykl Richardson bo‘ldi. U shunchaki onasini yonida his qilishni xohlardi, chunki u ajoyib ayol edi. Maykl ham ota-onasining izidan borib, garchi otasi dastlab bunga qarshi bo‘lgan bo‘lsa ham Gollivudda o‘z karyerasini boshlagan.

    Liam o'g'li Maykl bilan, 2015 yil
    Foto: Getty Images

    Liam va Natashaning kenja o‘g‘li Deniel ham aktyorlik va raqamli mediani o‘rgangan holda ko‘ngilochar sohada o‘zini sinab ko‘rgan. U bir necha marta filmlar ishlashda sahna ortida mehnat qildi, lekin oxir-oqibat moda sanoatiga o‘tdi. 2017-yilda Deniyel o‘zining Pine Outfitters ekologik toza kiyimlar tarmog‘ini ishga tushirdi.

    Liam o'g'illari Deniel (o'rtada) va Maykl (o'ngda), 2014 yil
    Foto: Getty Images

    Xotini vafotidan keyin Liam Nison hech qachon Natasha Richardsondek ayolni topa olmadi. Unda bir nechta o‘tkinchi hislar bo‘lgan bo‘lsa-da, ular jiddiy munosabatlarga aylanmadi.

    2016-yilda Liam muxlislari bilan marhum xotinini yodga oldi. U barchani umr yo‘ldoshini qadrlashga va har bir kundan unumli foydalanishga chaqirdi. “Yaqinlaringiz bilan ko‘proq vaqt o‘tkazing. Chunki kun kelib smartfoningizdan ko‘zingizni uzganingizda ular yoningizda bo‘lmaydi. Har bir kuningizni so‘nggi kuningizdek seving”, — deb yozadi aktyor.

    Foto: Getty Images
    29.03.2023, 14:30   Izoh (0)   12051
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kinodagi karyerasini bolaligida boshlab, san’atni tark etishga qaror qilgan va keyinchalik yana filmlarda rol o‘ynagan mashhurlar (foto)

    27.03.2023, 18:30

    Mukammal soch turmagi, benuqson makiyaj: Kinolardagi real hayotga to‘g‘ri kelmaydigan sahnalar (foto) 

    28.03.2023, 10:53

    Aktyor Alisher Yo‘ldoshev o‘g‘li Shohruxxonning ilk marta 3 yoshda sahnaga chiqqani hamda Farrux Zokirovdan duo olgani haqida (video)

    29.03.2023, 12:57

    Gollivud yulduzi Jonni Depp Angliyadagi qishloqlardan biriga ko‘chib o‘tdi

    29.03.2023, 10:28

    Instagram: Sardor Toirov ota bo‘ldi, Dilfuza Ismoilova mashina xarid qildi, Ruxshonaning “boqimanda” muxlislariga murojaati 

    28.03.2023, 22:27

    Gollivud aktyorlarining real hayotdagi qahramonlari bilan tushgan suratlari

    28.03.2023, 20:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.