Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-23 terma jamoasi O‘zbekiston vaqti bilan 28-mart, seshanba tongida Marokashga qarshi bahs olib bordi.

Foto: O‘FA

Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsiz qoldi. Tanaffusdan keyin marokashliklar javobsiz uchta to‘p kiritdi. Ismoil Saibari dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir golga Haymud Abdulloh muallif bo‘ldi.

Mazkur yig‘in doirasida Temur Kapadze shogirdlari avvalroq Kot-d’Ivuar bilan durang o‘ynagandi (0:0).

O‘rtoqlik uchrashuvi

28-mart, seshanba

Marokash U-23 — O‘zbekiston U-23 3:0

Gollar: 1:0 – 58 Saibari, 2:0 – 62 Saibari, 3:0 – 77 Abdulloh.

O‘zbekiston U23: Nazarov, Muqumjonov, Ibrohimov, Mamasidiqov, Muxtorov, Abdumajidov, Xolmatov, Mahmudov, Norchayev, Jiyanov, Rahimjonov.

Zaxira: Abdunabiyev, Yo‘ldoshev, Shamsiyev, Hamraliyev, Hoshimov, Jaloliddinov, Jo‘raqo‘ziyev, Begimov, Ibragimov, Toirov, Bo‘riyev, Odilov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi
Mahalliy
O‘zbekiston va Janubiy Koreya hukumatlari o‘rtasida iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hamkorlik bitimi imzolandi
Mahalliy
O‘zbekistonda 8 ta tijorat bankining litsenziyasi chaqirib olinishi mumkin