Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda fevral oyida 106,6 mlrd so‘m keshbek yig‘ildi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar bermoqda. 

Qariyb 107 mlrd so‘mlik keshbeklar 2,1 mln nafar iste’molchilar tomonidan yig‘ilgan. Bu 2022-yilning mos davriga nisbatan 80 mlrd so‘mga ko‘p. Fevral oyida yig‘ilgan keshbeklar faqatgina 2022-yil dekabriga nisbatan kamroq bo‘ldi.

Ayni paytda 1,4 mln nafarga yaqin iste'molchiga 70,8 mlrd so‘m to‘lab berildi.

Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida o‘tgan oylar uchun yana 9,4 mlrd so‘m keshbek tasdiqlangan. 

Soliq mobil ilovasi orqali berilgan jami keshbeklar 980 mlrd so‘mdan oshdi.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan:  

  • soliq hisobotlari topshirilishi; 
  • hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi;
  • soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda to‘lab boriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentdagi “Do‘stlik” bog‘i yaqinida ikki tup chinor noqonuniy ravishda kesildi
Mahalliy
Uzbekistan Airways Qurbon hayiti munosabati bilan chegirmalar e’lon qildi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Serbiya prezidenti Vuchichni ag‘darishga urinishda ayblanmoqda