Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2023-yil fevral oyida 1027 birlikni tashkil etib, yanvar oyiga nisbatan 2,7 foizga oshgan. Bu haqda “Daryo”ga Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Shu bilan birga, ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ham 4 foizlik o‘sish qayd etildi.

Komponentlar darajasidagi o‘zgarishlar

2023-yilning fevral oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 2,7 foizga oshib, 1027 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:

  • korxonalarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 12,3 foizga oshgan;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar bo‘yicha komponent 11,7 foizga kamaygan;
  • tovar-xomashyo birjasida xomashyo sotib olish jadalligi 4,7 foizga oshgan;
  • tovar belgilari bo‘yicha komponent 30,6 foizga kamaygan.

Hududlar kesimida Surxondaryo viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.

Foto: Review

2023-yil fevral oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 11 ta hududda o‘tgan oyga (yanvar) nisbatan o‘sgan. 

Surxondaryo (47,1 foiz), Buxoro (44,9 foiz), Qashqadaryo (26,3 foiz), Jizzax (25,1 foiz), Navoiy (18,8 foiz) va Namangan (15,9 foiz) viloyatlarida sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan.

Shu bilan birga ushbu ko‘rsatkich 3 ta hududda kamaygan. Xususan, Qoraqalpog‘iston (-8,1 foiz), Toshkent (-1,7 foiz) va Sirdaryo (-0,9 foiz) viloyatlarida o‘tgan oyga nisbatan kamayish kuzatilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Yolg‘onlar imperiyasi” va rus terrorining boshlanishi. 10 marotaba suiqasdga uchragan imperator — Aleksandr II ning muvaffaqiyatsiz islohotlari
Mahalliy
Toshkentning 4 ta tumanida elektr energiyasi ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi
Dunyo
Trampga yana bir jinoiy ishda ayblov e’lon qilindi