Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonning yanvar—fevral oylaridagi tovarlar eksporti hajmi o‘rganildi. Bu haqda “Daryo”ga Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar berdi.

Foto: Novastan

Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil boshidan 28-fevralga qadar tovarlar eksporti hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,1 foizga oshgan. 

Eksportning o‘sishi Navoiy (129 foiz), Andijon (46,9 foiz), Sirdaryo (43,9 foiz), Xorazm (38 foiz) va Qashqadaryo (10,4 foiz) viloyatlarida va Toshkent shahrida (3,5 foiz) kuzatildi.

O‘zbekiston eksportining o‘sishi oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat tovarlari, kimyoviy moddalar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportining o‘sish sur’atlari bilan izohlanadi.

Eksportning qisqarishi Farg‘ona (24,2 foiz), Buxoro (20,3 foiz), Toshkent (16,2 foiz), Jizzax (12,9 foiz), Samarqand (7,9 foiz), Surxondaryo (7,4 foiz) va Namangan (4,4 foiz) viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida (14,9 foiz) qayd etildi.

Eksport hajmining kamayishi Buxoro viloyatida – paxta tolasining ichki bozorga yo‘naltirilishi va neft va neft mahsulotlari eksportining qisqarishi, Farg‘ona, Jizzax va Namangan viloyatlarida – ip-kalava eksportining qisqarishi, Toshkent viloyatida – metall va undan tayyorlangan mahsulotlar eksportining qisqarishi, Samarqand viloyatida – meva-sabzavot mahsulotlari va ip-kalava eksportini qisqarishi, Surxondaryo viloyatida – ip-kalava va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini qisqarishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa — plastmassa va undan tayyorlangan mahsulotlar hamda ip-kalava eksporti qisqarishi bilan bog‘liq.

Avvalroq O‘zbekiston tashqi savdosi ikki oyda 8,9 mlrd dollarga yetgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda haj ziyoratiga borish uchun to‘lov miqdori e’lon qilindi
Mahalliy
O‘zbekiston va Jahon banki sheriklik dasturi 4 mlrd dollarlik loyihalarni o‘z ichiga olishi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Nabirasining jasadi oldida o‘tirgan bobo, o‘qqa tutilayotgan rossiyalik harbiylar, bo‘lajak to‘yini nishonlayotgan shahzoda —1-iyun suratlari