Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 2023-yilning yanvar—fevral oylarida 263,9 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Qayd etilishicha, mamlakatda avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 33,5 foizga oshgan.

2023-yilning yanvar—fevral oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:

  • avtomobil benzini – 263,9 ming tonna;
  • ko‘mir – 682 ming tonna;
  • neft – 127,3 ming tonna;
  • gaz kondensati – 209,5 ming tonna;
  • avtobus – 114 dona;
  • yuk avtomobillari – 350 dona;
  • avtomobil dvigatellari – 21,4 ming dona.

Shuningdek, yanvar—fevral oylari davomida O‘zbekistonda 23 949 dona yengil avtomobillar (maxsus yengil avtomobillardan tashqari) ishlab chiqarilgan.

Avvalroq O‘zbekistonda Ai-80 benzini uchun aksiz solig‘ini “nol” stavkada qo‘llash muddati uzaytirilib, ushbu benzin narxi oshirilmaydigan bo‘lgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xorazmda maktab direktori imtihonga kech kelgan o‘quvchini kaltakladi
Mahalliy
Sirdaryoda qayiqda daryo kechib maktabga qatnaydigan qiz o‘qishini sport markazida davom ettiradigan bo‘ldi
Dunyo
Hindistonda ziyoratchilar o‘tirgan avtobus daraga quladi, 10 kishi halok bo‘ldi (foto)