Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Agrippina Shin maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 1-o‘rinbosari — Maktabgacha ta’lim agentligi direktori etib tayinlandi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shin 2017-yildan O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi. 2015—2019-yillar oralig‘ida Oliy Majlis Senati a’zosi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 31-yanvar kuni maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga o‘rinbosarlar tayinlangandi. Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Usmon Sharifxo‘jayev maktabgacha va maktab ta’limi vaziri birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Temurjon Komilov, Dilshod Kenjayev, Uzoqboy Begimqulov maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosarlari etib tayinlangan. Tayinlovga qadar Temurjon Komilov xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimida, Dilshod Kenjayev prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida, Uzoqboy Begimqulov oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkent shahar adliya boshqarmasi sobiq mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
Qarshi harbiy sudi xodimi 500 dollar pora bilan qo‘lga tushdi
Mahalliy
“Yuksalish” harakati O‘zbekistonda qiynoqlarga barham berish bo‘yicha 10 ta taklifni ishlab chiqdi