• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Uydan 185 km uzoqlikdagi maktabga qatnab, dars beryapman” — olis cho‘l ovuliga borib ishlayotgan o‘qituvchi hikoyasi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev qaroriga asosan, chekka hududlardagi davlat maktablarida ishlayotgan o‘qituvchilar oylik-maoshlariga oshirilgan ustamalar to‘lab kelinmoqda. Buning natijasida ko‘plab o‘qituvchilar daromadining sezilarli o‘sishiga erishilyapti. Buxoroning olis cho‘l ovulidagi maktabda dars berayotgan fizika fani o‘qituvchisi Jamol Sharopov hududdagi ahvol va taʼlim jarayoni haqida “Daryo”ga so‘zlab berdi.

    Foto: Jamol Sharopov arxividan

    “Uyimdan 185 km uzoqlikdagi maktabga qatnayman”

    27 yillik tajribaga ega Jamol Sharopov 2021-yildan beri Buxoro viloyati, Peshko‘ tumanidagi 25-umumiy o‘rta taʼlim maktabida fizika va astronomiya fanlaridan dars berib keladi.

    Maktab tumanning chekka qismi hisoblanadigan Jongeldidagi Xolota ovulida, o‘qituvchining yashash uyidan 185 km uzoqlikda, cho‘lda joylashgan. Jamol Sharopov anomal sovuq yoki issiq ob-havo sharoitida ham o‘z yashash uyidan maktabga qatnab, ishlaydi.

    “Ovuldagi hayot juda sokin va tinch. Aholi punkti Buxoro shahridan qariyb ikki yuz kilometr uzoqlikda, Qizilqum cho‘li bag‘rida joylashgan. Yaqin atrofda aholi juda ham siyrak, o‘nlab kilometrlarda odam ko‘rmaysiz, katta cho‘l. Ovul hayoti o‘ziga xos. Afsuski, bu yerda suv — katta muammo. Faqat aholi uchun ichimlik suvi mavjud. Dehqonchilik qilishga imkon yo‘q. Mahalliy aholi soni bir necha yuz nafarni tashkil qiladi. Ular chorva boqish bilan shug‘ullanadi, qo‘y va qoramol asrashadi. Shuningdek, bu yerda tuyalar ham ko‘p boqiladi. Do‘konlar bor, ammo uncha katta emas, bozor uzoqroqda. Jongeldida har hafta savdo yarmarkasi bo‘ladi, juda tomoshabop joy. Baʼzan borib, narsalar sotib olaman”, – deya hikoya qiladi muallim.

    Jamol Sharopov
    Foto: arxivdan

    “O‘g‘limni to‘lov-kontrakt asosida o‘qityapman”

    Jamol Sharopov o‘zining misolida o‘qituvchilarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida gapirib, ustozlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yangilanayotgan konstitutsiyada ham alohida mustahkamlab qo‘yilayotganini urg‘uladi.

    Foto: Telegram / Manba

    “Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangi moddada davlat o‘qituvchilarning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi belgilab qo‘yilmoqda. Bu bizga juda katta kuch beradi”, – deydi o‘qituvchi.  

    Hozirda Jamol Sharopov o‘rtacha 3,5—4 million so‘m oylik maoshi olmoqda. U 1991–1996-yillarda Buxoro davlat universitetini bitirgan. Oliy maʼlumotli o‘qituvchi oyligiga davlat tomonidan 30 foizgacha ustama to‘lanyapti.

    Olis cho‘l hududida yashayotgan bolalarga saboq berayotgan ustoz ayni paytda o‘z farzandini Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat institutida o‘qityapti.

    “O‘g‘limning kontrakti yiliga 12,5—13 million so‘m. Uni oylik-maoshimdan to‘layapman. Maqsadim, farzandim o‘qishni bitirib, yaxshi mutaxassis bo‘lsin. Menga bundan ortiq yutuq yo‘q, — deydi Jamol Sharopov.

    “Maktabda o‘quvchilar soni juda oz”

    Jamol Sharopovning hikoya qilishicha, ovuldagi maktabda o‘quvchilar soni juda kam.

    “Sinflarda bor-yo‘g‘i bir necha nafardan o‘quvchi o‘qiydi. Lekin shunga qaramay har bir bolaga individual yondashamiz. Ko‘proq shug‘ullanish, mavzuni batafsil o‘rganish uchun qulaylik bor.

    Hudud uzoq, aholi kam bo‘lsa-da, davlat tomonidan maktabda zarur sharoitlar yaratilgan. O‘zbekistonning qoq o‘rtasidagi olis cho‘l qishlog‘iga ham taʼlim islohoti shamollari yetib kelyapti”, — deya so‘zlarini yakunladi suhbatdosh.

    23.03.2023, 15:11   Izoh (0)   5754
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda ham tut, ham oziq-ovqat ekish uchun aholiga 1-2 gektardan yer beriladi

    23.03.2023, 14:20

    O‘zbekiston va Malayziya islom moliyasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash doirasida hamkorlik qiladi

    23.03.2023, 14:10

    O‘zbekistonda sudlanganlik muddati o‘tib ketgani to‘g‘risida ma’lumot olish tizimi soddalashtiriladi

    23.03.2023, 14:09

    O‘zbekistonda tadbirkorlarga banklar ishtirokisiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri 130 mln dollar ajratiladi

    23.03.2023, 13:58

    Shavkat Mirziyoyev ayrim tumanlar asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‘z-o‘zini ta’minlay olmayotganini tanqid qildi 

    23.03.2023, 13:34

    O‘zbekistondagi 2 ta universitet dunyoning top-500 talik OTMlari reytingiga kiritildi

    23.03.2023, 12:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.