• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyevni bir qator davlatlar yetakchilari Navro‘z bayrami munosabati bilan tabrikladi

    Bir qator davlat yetakchilari, yetakchi xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli din va jamoat arboblari Shavkat Mirziyoyevni Navro’z bayrami munosabati bilan tabrikladi. Prezident matbuot xizmati mazkur qutlovlarni e’lon qildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Xabarga ko‘ra, Navro‘z bayrami munosabati bilan Shavkat Mirziyoyevga Qozog‘iston Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Eron, Turkiya, Gruziya, Iroq prezidentlari, Saudiya Arabistoni valiahdi, BAA vitse-prezidenti, shuningdek, yetakchi xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli din va jamoat arboblari tabrik yo‘lladi. Qutlovlar kelishi davom etmoqda

    O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Hurmatli Shavkat Miromonovich!

    Navro‘z bayrami munosabati bilan Sizga va butun O‘zbekiston xalqiga samimiy tabriklarim va eng ezgu tilaklarimni qabul qilgaysiz.

    Qardosh xalqlarimiz qadim-qadimdan ushbu ayyomni uyg‘unlik va hamjihatlik tantanasi, beminnat yordam va baxt-saodat ramzi sifatida alohida shukuh bilan nishonlaydilar. Navro‘zning fayzli qalblarimizga iliqlik bag‘ishlab, kunlari do‘st mamlakatlarimizga farovonlik va qut-baraka olib kelsin

    Birgalikdagi saʼy-harakatlar bilan mustahkam do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikka asoslangan Qozog‘iston-O‘zbekiston strategik sherikligi va ittifoqchiligi bundan buyon ham qardosh xalqlarimizning farovonligi yo‘lida jadal rivojlanib borishiga ishonaman.

    Ushbu imkoniyatdan foydalanib, hurmatli Shavkat Miromonovich, Sizga O‘zbekistonning porloq kelajagi va ravnaqi yo‘lida boshlagan barcha ishlaringizda muvaffaqiyatlar, xalqingizga esa omonlik va farovonlik tilayman.

    Navro‘z har bir xonadonga to‘kinlik va baxt keltirsin!

    Hurmat bilan, Qasim-Jo‘mart To‘qayev, Qozog‘iston Respublikasi prezidenti

    O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Hurmatli Shavkat Miromonovich!

    Navro‘z bayrami bilan Sizni chin dildan qutlayman.

    Yangi yil boshlanishi ramzi, tinchlik va hamjihatlikka chaqiriq bo‘lgan Navro‘z ayyomi qardosh xalqlarimizga baraka va farovonlik keltirsin.

    Joriy yil davlatlarimiz uchun taraqqiyot yili bo‘lishiga ishonaman. Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi mushtarak maʼnaviy qadriyatlar, do‘stlik va strategik sheriklikka asoslangan ko‘p qirrali munosabatlar izchil rivojlanaversin.

    Muhtaram Shavkat Miromonovich, Sizga mustahkam sog‘lik, davlatchilik faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va porloq kelajak tilayman.

    Hurmat bilan, Sadir Japarov, Qirg‘iz Respublikasi prezidenti

    O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Muhtaram Shavkat Miromonovich!

    Navro‘z xalqaro bayrami kirib kelgani munosabati bilan ezgu tilaklarimni izhor etib, Sizni va yurtingizning do‘st xalqini samimiy muborakbod etaman.

    Ushbu qadim ayyomning bunyodkorlik ruhi va maʼnaviy ildizlari bugungi zamonda alohida ahamiyat kasb etmoqda.

    Navro‘zga xos bo‘lgan do‘stlik va birodarlik, o‘zaro anglashuv, hurmat va ko‘mak anʼanalari bizni tinchlikni yanada mustahkamlashga, xalqlarimizning farovon hayoti va kelajagini taʼminlashga birgalikdagi saʼy-harakatlarimizni yo‘naltirishga davʼat etmoqda.

    Ishonchim komil, mamlakatlarimiz yangi orzu-niyatlar bilan, Navro‘zning o‘chmas qadriyatlariga amal qilgan holda, strategik sheriklik va ittifoqchilik doirasida yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini bundan buyon ham kengaytirib boradilar va rivojlantiradilar.

    Bahorning ushbu quvonchli kunlarida Sizga, hurmatli Shavkat Miromonovich, mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyatlar, birodar O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va barqaror ravnaq tilab qolaman.

    Navro‘z muborak!

    Hurmat bilan, Emomali Rahmon, Tojikiston Respublikasi prezidenti

    O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Hurmatli Shavkat Miromonovich!

    Sizga va qardosh O‘zbekiston Respublikasi xalqiga Navro‘z xalqaro bayrami munosabati bilan samimiy tabriklarim va eng ezgu tilaklarimni yo‘llash men uchun sharaf.

    Tabiat uyg‘onishi, yangilanish va bunyodkorlik darakchisi bo‘lgan Navro‘z o‘zida umuminsoniy qadriyatlar – tinchlikservarlik, insonparvarlik va yaxshi qo‘shnichilikni mujassam etadi. Umumiy merosimiz bo‘lmish ushbu ayyom xalqlarimizni yaqinlashtirishda muhim o‘rin tutadi va davlatlarimiz o‘rtasidagi ishonchli munosabatlarning mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

    Ushbu fayzli bayram Sizga va yurtingizning butun xalqiga quvonch, baxt-saodat va farovonlik olib kelsin!

    Chuqur hurmat ila, Serdar Berdimuhamedov, Turkmaniston prezidenti

    O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Muhtaram Shavkat Miromonovich!

    Sizni va qardosh O‘zbekiston xalqini o‘z nomimdan va Ozarbayjon xalqi nomidan kirib kelgan Navro‘z bayrami bilan muborakbod etaman.

    Tabiatdagi abadiy uyg‘unlikni ifoda etuvchi ushbu milliy bayram xalqlarimizning insoniyat madaniyatiga qo‘shgan qimmatli hissasidir. Yangilanish, yosharish va go‘zallik ramzi bo‘lmish ushbu ayyom qalblarni nurga to‘ldirib, o‘zaro anglashuv, do‘stlik va hamjihatlikni tarannum etadi.

    Sizning 2023-yil 1-3-mart kunlari Ozarbayjonga, Boku shahriga Qo‘shilmaslik harakati Muloqot guruhining COVID-19 ga qarshi kurashish bo‘yicha sammitida ishtirok etish uchun amalga oshirgan tashrifingizni yuksak qadrlayman, o‘zaro ishonch ruhida o‘tgan uchrashuvimizni mamnuniyat bilan eslayman.

    Boy maʼnaviy merosga ega qardosh xalqlarimiz farovonligi yo‘lida hamda sherikligimiz va hamjihatligimizni asrab-avaylash, doimo mustahkamlab borish maqsadida birgalikdagi saʼy-harakatlarimizni davom ettirishimizga ishonchim komil.

    Ushbu qutlug‘ kunlarda Sizga va oilangizga mustahkam sog‘lik va baxt-saodat, birodar O‘zbekiston Respublikasining ravnaqi yo‘lidagi oliy davlatchilik faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman.

    Hurmat bilan, Ilhom Aliyev, Ozarbayjon Respublikasi prezidenti

    O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu,

    Navro‘z bayrami munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga samimiy tabrik va ezgu tilaklarimizni yo‘llashdan behad mamnunmiz.

    Fursatdan foydalanib, Alloh taolodan Siz, Janobi Oliylariga sihat-salomatlik va baxt-saodat, qardosh O‘zbekiston xalqiga taraqqiyot va farovonlik tilab qolamiz.

    Janobi Oliylari, Sizga bo‘lgan yuksak ehtiromimni qabul qilgaysiz.

    Salmon bin Abdulaziz Ol Saud, Saudiya Arabistoni podshohi

    O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu,

    Janobi Oliylari, Navro‘z bayrami munosabati bilan eng xolis tabriklarim va ezgu tilaklarimni yo‘llashdan baxtiyorman.

    Siz, Janobi Oliylariga sihat-salomatlik va baxt-saodat, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, taraqqiyot va farovonlik tilab qolaman.

    Janobi Oliylari, Sizga bo‘lgan yuksak ehtiromimni qabul qilgaysiz.

    Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud, Saudiya Arabistoni valiahdi, Vazirlar Mahkamasi raisi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Esar Navro‘z shamoli yellari yorim ko‘chasidan,

    Yoq ey ko‘ngil chirog‘ini istasang gar madad undan.

    Etakdan g‘am g‘uborin qoqqani chiqqin dalalarga,

    Kirib gulzor aro o‘rgan g‘azal yozmoqni bulbuldan.

    (Hofiz Sheroziy)

    Tabiatning uyg‘onishi va xijriy-shamsiy 1402-yilning boshlanishi, qadimiy Navro‘zning kirib kelishi munosabati bilan Siz, Janobi Oliylari va mamlakatingizning aziz xalqini chin yurakdan muborakbod etishdan benihoya mamnunman.

    Bahor ona yer va tabiatning o‘zgarish pallasi, yangilanish va qayta jonlanish fasli, tafakkur ahlining borliq olamning ulug‘vor tabiiy jilvalaridan birini mushohada aylash vositasida o‘z Parvardigorlarining jamolini ko‘rish tomon intilishlaridan bir nishonadir. Bir necha ming yillik tarixga ega bo‘lgan boy madaniyat va sivilizatsiya ramzi hamda mehr-muhabbatga to‘la ko‘hna udum bo‘lmish Navro‘z esa ishq-muhabbatni esga soluvchi, yam-yashillik va musaffolikdan xabar beruvchi, qalblarni uyg‘otuvchi hamda Yaratganning zavol topmas kuch-qudratidan belgi beruvchi bir hodisadir.

    Kutlug‘ Navro‘z sharofati bilan odamlarimizda va ularning qalblarida ulkan o‘zgarishlar yuz beradi. Navro‘zdan ildiz olgan azaliy tarixiy-madaniy mushtarakliklar vositasida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro do‘stona munosabatlarni rivojlantirish va chuqurlashtirish orqali xalqlarimiz taraqqiyoti va farovonligi yo‘lida qadam tashlaymiz, deb umid qilaman. Bu yo‘nalishda Eron Islom Respublikasi mintaqa va jahonda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash maqsadida Navro‘z madaniy mintaqasining barcha mamlakatlari bilan yanada ko‘proq hamkorlik qilishga tayyordir.

    Qodir Egamdan Siz, Janobi Oliylariga sog‘lik va muvaffaqiyat, do‘st va birodar O‘zbekiston Respublikasi xalqiga esa baxt-saodat va farovonlik ato etishini so‘rab, yangi yilning barcha uchun xayr-barakaga to‘la bir yil bo‘lishini tilab qolaman.

    Ibrohim Raisiy, Eron Islom Respublikasi prezidenti

    O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu,

    Siz, Janobi Oliylariga o‘z salomlarimizni va samimiy tilaklarimizni mamnuniyat bilan yo‘llab, Sizga omad va zafarlar tilaymiz.

    Navro‘z bayrami munosabati bilan Alloh Taolodan ushbu yilni xayr-baraka yili qilishini, birodar yurtingiz va xalqingiz rivoji yo‘lida qilayotgan barcha saʼy-harakatlaringiz amalga oshishini hamda Sizga uzoq umr va baxt-saodat ato etishini so‘rab qolamiz.

    Bayramingiz muborak bo‘lsin!

    Samimiy ehtiromlar ila, Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum, Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi

    Shuningdek,

    • Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on;
    • Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili;
    • Iroq prezidenti Abdullatif Rashid;
    • Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;
    • Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husrav Noziriy;
    • Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda va boshqalar tabrik yo‘llagan.

    Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

    21.03.2023, 20:31   Izoh (0)   5718
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev nomiga AQSH prezidenti Jo Baydendan maktub keldi 

    20.03.2023, 14:05

    Xitoy Gaaga sudining Putinni hibsga olish haqidagi qaroriga munosabat bildirdi

    21.03.2023, 20:07

    O‘zbekistonda tez yordam mashinalari sunʼiy yo‘ldosh orqali nazorat qilinadi

    21.03.2023, 18:28

    Parkentda kuchli yomg‘ir oqibatida adirlikda qolib ketgan 47 kishi va 13 ta mashina olib tushildi

    21.03.2023, 18:14

    Namanganda DXXga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, fuqarolardan pul olib kelgan soxta IIB xodimi ushlandi

    21.03.2023, 17:07

    Moskvadagi qurilishda Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari ommaviy mushtlashgani yuzasidan maʼlumot berildi

    21.03.2023, 16:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.