Rossiyaning “Byulleten kinoprokatchika” jurnali bosh muharriri Aleksandr Nechayev 37 yoshida Toshkentda vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, holat yuzasidan tekshirish o‘tkazilmoqda.
Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, Nechayevning o‘limi “surunkali yurak-o‘pka yetishmovchiligi, yurakning surunkali ishemik kasalligi”dan kelib chiqqan.
“Aleksandr Nechayevning tanasi ko‘zdan kechirilganda tan jarohatlari aniqlanmagan. Tekshirish davom etmoqda”, — deyiladi idora xabarida.
Marhum jurnalistning do‘sti Denis Korsakov avvalroq Nechayev bir necha oy yashash uchun Toshkentga ketgani va aprel oyida Moskvaga qaytishni rejalashtirganini aytgandi. 6-mart kuni Nechayev aloqaga chiqishning iloji bo‘lmagan, uning do‘stlari toshkentlik tanishlaridan hammasi joyida yoki yo‘qligini tekshirishni so‘ragan. Ular uy egasi va ichki ishlar xodimlari bilan birgalikda ijaraga olingan xonadonga kelgan. Shu paytda Aleksandr Nechayev o‘lik holda topilgan.
Izoh (0)