Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSH prezidenti Jo Bayden va Germaniya kansleri Olaf Shols Vashingtonda muzokara o‘tkazdi va uning davomida Rossiyani Ukrainadagi voqealar uchun yetarlicha javobgarlikka tortish niyatini bildirdi. Bu haqda Oq uy bayonotida aytiladi.

Foto: Twitter

“Ular Rossiyani agressiyasi uchun qancha kerak bo‘lsa, shuncha javobgarlikka tortish majburiyatini yana bir bor tasdiqladi”, — deyiladi bayonotda.

AQSH va Germaniya yetakchilari shuningdek, “Ukraina xalqi bilan global birdamlik” muhimligini qayd etib, uni gumanitar, iqtisodiy, siyosiy va xavfsizlik tomondan qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qildi.

Shols uchrashuvdan oldin tomonlar Kiyevni qo‘llab-quvvatlashda mustahkam turishini va bu qancha zarur bo‘lsa shuncha davom etishini aytgandi. Bu so‘zlar kansler veb-saytida keltirilgan.

Ukrainada urush boshlanganining bir yilligi munosabati bilan AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi. Rossiyaning 11 banki Vashingtonning yangi cheklovlari ostida qoldi. Bundan tashqari, AQSH Rossiyadan alyuminiy va alyuminiy mahsulotlariga 200 foiz boj joriy etmoqda. Rossiyaning 50 dan ortiq amaldorlari, xususan, ba’zi vazirlar va gubernatorlar yangi sanksiyalarga duchor bo‘ldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bosh vazir va Toshkent shahar hokimi binolarning 1-qavatidagi kafe va do‘konlarni buzish bo‘yicha ko‘rsatma bergani rad etildi
Dunyo
Xalqaro bedarak yo‘qolganlar haftaligi, 20 ming dollarlik echki, qayta avj olayotgan denge epidemiyasi — 31-may suratlari
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynog‘idagi “Kemalar qabristoni” — suratlarda