Toshkent shahrida bir guruh yoshlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz bergani aytilgan xabarlar yuzasidan ma’lumot berildi.
Poytaxt IIBBning ma’lum qilishicha, 28-fevral kuni taxminan soat 22:00 larda Yakkasaroy tumanidagi internet klublaridan birida 21 yoshli A.B. va tanishi 2002-yilda tug‘ilgan M.A. o‘zaro gap talashib qolgan. Shu sababli ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Natijada fuqaro M.A. tan jarohati olib, kasalxonaga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
“Natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi. Shu o‘rinda, ijtimoiy tarmoq faollaridan tekshirilmagan xabarlarni tarqatmasliklarini, aholi orasida asoslanmagan shov-shuv ko‘tarmasliklarini so‘rab qolamiz”, — deyiladi munosabatda.
Avvalroq Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanidagi to‘yda yigitlar janjallashib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)