So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12216.01
    • RUB 123.1
    • EUR 12807.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Boshqalar

    “Endilikda qonunchilikdagi barcha ziddiyat va noaniqliklar inson foydasiga hal qilinadi” — ekspert konstitutsion o‘zgarishlar haqida

    1 mart, 16:01 1835

    O‘zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar doirasida fuqarolar va davlat o‘rtasidagi noaniqliklarni bartaraf etish bo‘yicha normalar ishlab chiqilmoqda. Unga ko‘ra, davlat bilan inson o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi, deb belgilanmoqda. Chunki bunday holatda davlat mas'uliyatni o‘z zimmasiga olmasa insonga jabr bo‘lishi, zarar yetishi mumkin. Bunda xoh u moddiy ziddiyat bo‘lsin, xoh nomoddiy, qat'i nazar davlat o‘z fuqarosining foydasiga mas'uliyatni o‘ziga olishi ko‘zda tutilgan.

    Yuridik fanlari doktori Bahodir Ismoilov “Daryo” nashriga bu boradagi o‘z mulohazalarini taqdim etdi.

    Bahodir Ismoilov 
    Foto: Shaxsiy arxiv

    “Demokratiya davlat xalq uchun xizmat qilishini nazarda tutadi”

    O‘zbekiston rahbariyati tashabbusi bilan konstitutsiyaviy islohotlar doirasi fuqaro va davlat bir-biriga nisbatan o‘zaro huquq va majburiyatlar bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi norma Konstitutsiya darajasida mustahkamlanmoqda.

    Mazkur qoida O‘zbekiston a'zo bo‘lgan inson huquqlariga oid asosiy xalqaro xujjatlar, jumladan, BMTning 1948-yildagi Inson huquqlari umumjahon dekloratsiyasi, 1966-yildagi Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, YeXHTning 1990-yildagi Insoniylik o‘lchovi bo‘yicha Kopengagen xujjati, xalqaro gumanitar huquqqa oid 1949-yildagi Jeneva konvensiyalari va ularga qo‘shimcha bayonnomalar, tegishli UNECKO, Xalqaro mexnat tashkiloti kabi hujjatlarda belgilangan.

    Bunday qoidalar AQSH, Belgiya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Turkiya, Koreya, Yangi Zelandiya, Finlyandiya, MDH mamlakatlari va boshqa davlatlar konstitutsiyalarida keltirib o‘tilgan.

    O‘zbekiston davlatchiligining asosi deb e'lon qilingan demokratiya fuqarolarning davlat boshqaruvida faol ishtirok etishi, davlat siyosatini belgilashda hamda davlat davlat uchun emas, balki xalq uchun yaratilganiga ishonchni nazarda tutadi. Mazkur talab barcha demokratik davlatlar uchun ustuvor bo‘lgan jamoat shartnomasi va vakillik demokratiyasining muhim jihati hisoblanadi.

    Ta'kidlash kerakki, Vakillik demokratiyasi, bu demokratiya tipidagi siyosiy rejim bo‘lib, unda xalq hokimiyatning asosiy manbai sifatida tan olinadi. Lekin davlat boshqaruvi turli vakillik organlariga topshiriladi. Asosiysi ularning a'zolari fuqarolar tomonidan saylanadi va doimiy ravishda nazorat qilinadi.

    Fuqaro hamda davlat bir-biriga nisbatan o‘zaro huquq va majburiyatlar bilan bog‘liqligi demokratik davlat g‘oyasini tashkil etuvchi Ijtimoiy shartnoma nazariyasi asosini rivojlantiradi. Huquq nazariyasida Ijtimoiy shartnoma deganda fuqarolar tomonidan davlat boshqaruvi qoidalari va tamoyillari bo‘yicha tegishli huquqiy rasmiylashtirish bilan erishilgan kelishuv tushuniladi.

    O‘zbekiston 2020-yil 13-martdagi “Fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonuniga binoan, respublikada fuqarolik shaxsning davlat bilan o‘zaro huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi yig‘indisida ifodalanadigan hamda inson qadr-qimmati, asosiy huquqlari va erkinliklarini e'tirof etish hamda hurmat qilishga asoslanadigan doimiy siyosiy-huquqiy aloqasini belgilaydi.

    O‘zbekiston davlat organlari va mansabdor shaxslari orqali mamlakat fuqarolari oldida mas'uldir. Respublika fuqarosi esa davlat oldida mas'uldir.

    Konstitutsiya va joriy qonunchilikka binoan, davlat fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik huquqlarini nafaqat himoyalash, balki asosiy va boshqa qonunlarda mustahkamlangan huquq va erkinliklarini ta'minlaydi.

    Bundan tashqari, davlat, xususiy va boshqa mulk shakllari daxlsizligini himoyalash, madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish, yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar, umummilliy boyliklarni hamda ulardan oqilona foydalanishni muhofaza etish, jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta'minlash hamda ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib berish, diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaslik, oilani muhofazasi qilish, yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni ta'minlash, senzuraga yo‘l qo‘yilmaslik va boshqalarga mas'ul.

    O‘z o‘rnida konstitutsiya va joriy qonunchilikka binoan, barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarini bajaradilar. Jumladan, ular Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari va erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga, O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini avaylab asrashga, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga, qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga, qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar.

    Qonunchilikda belgilangandek, O‘zbekiston o‘z fuqarolarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni mamlakat hududida va undan tashqarida ham amalga oshiradi.

    O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan boshlangan konstitutsiyaviy islohatlar jarayonida asosiy qonunimizga fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizligi, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emasligi, insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qilishi, insonning huquq va erkinliklari qonunlarning, davlat organlari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilashi hamda davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta'sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerakligi belgilanmoqda.

    Shuni alohida e'tirof etish kerakki, Konstitutsiya darajasida inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilishi qayd etilmoqda. Chunki bunday holatda davlat mas'uliyatni o‘z zimmasiga olmasa, insonga jabr bo‘lishi, zarar yetishi mumkin. Bunda xoh u moddiy ziddiyat bo‘lsin, xoh nomoddiy, qat'i nazar davlat o‘z fuqarosining foydasiga mas'uliyatni o‘ziga oladi.

    Har bir davlat o‘z fuqarolari bilan munosabatga kirishar ekan, alohida huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi. Ya'ni, davlat ham, fuqaro ham o‘ziga xos huquqlarga va majburiyatlarga ega.

    Masalan, davlat fuqarolar uchun xavfsizlik, farovonlik, tinchlik va yaxshi hayot kechirish uchun shart-sharoitlar yaratib berish kabi majburiyatlarga ega bo‘lsa, fuqarolar qonunlarga bo‘ysunish, burch va majburiyatlarni bajarish kabi mas'uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada ushbu prinsiplar alohida belgilanyapti. Bunda asosiy urg‘u insonning huquq va erkinliklarini to‘laqonli bajarishga qaratilmoqda.

    Misol uchun, davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta'sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanadi, deyilyapti. Bu nima degani? Bunda ham jazolash yoki boshqa ta'sir ko‘rsatishning chegarasi insoniylikka borib taqaladi.

    Aytaylik, shaxs tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi, lekin u davlat ro‘yxatidan o‘tish bosqichlarini qilmasdan yoki ruxsat beruvchi hujjatlarni olmasdan ish boshladi. Bunday holat uchun yaqin yillargacha uning faoliyati tugatilgan yoki to‘xtatib qo‘yilgan. Biroq bugungi kunda unga o‘zi sodir etgan huquqbuzarlik tushuntiriladi, ruxsat beruvchi yoki lisenziya hujjatini olish uchun muayyan vaqt beriladi. Bundan ko‘zlangan maqsad ham qonun ustuvorligini ta'minlash, ham bitta tadbirkorni saqlab qolish. Mana shu mutanosiblik prinsipi, mana shu maqsadga erishish uchun yetarli bo‘lgan chora hisoblanadi.

    Davlat va fuqaro bir - biri oldida mas'ul bo‘lmasa ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Fuqarolar o‘z majburiyatlarini sidqidildan bajarsa qudratli davlat barpo etiladi, o‘z navbatida davlat majburiyatlarini to‘liq bajarsa aholi farovon yashaydi.

    Bundan tashqari Konstitusiyamizga har qanday vaziyatda dastlab xalqni aybdor deb hisoblashga oid eskicha qarashlarni bekor qiladigan yangi norma kiritilmoqda. Ya'ni endilikda davlat bilan yuzaga kelgan qonunchilikdagi zaddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga hal qilinadi.

    Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgartishlar O‘zbekiston fuqarolari hamda davlat organlari bir-biriga nisbatan o‘zaro huquq va majburiyatlar bilan bog‘liqligini joriy qonunchilikda mustahkamlash, davlat organlarini qonunda belgilangan talablarni samarali, bajari hamda fuqarolarni qonunchilikda  o‘rnatilgan majburiyatlarni bajarish tizimini mustahkamlaydi.

    Bahodir Ismoilov, yuridik fanlari doktori

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qozog‘iston oktyabr oxiridan O‘zbekiston orqali Rossiya gazini tashiy boshlashi ma’lum qilindi

    Bugun, 12:23

    AquathermTashkent 2023 ko‘rgazmasida AKFA Group radiatorlarning dizaynerlik qatorini taqdim etadi

    Bugun, 12:00
    Reklama

    Xanchjou—2022. To‘rabek Habibullayev Osiyo o‘yinlari bronza medaliga sazovor bo‘ldi

    Bugun, 12:19

    Xanchjou—2022. Hasanboy Do‘stmatov yaponiyalik bokschini mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi

    Bugun, 12:13

    “Tolibon” o‘qituvchilarning soqoli yo‘qligi uchun ikkita maktabni yopdi

    Bugun, 12:08

    Magniy tanqisligi va noto‘g‘ri ovqatlanish: Tez charchab qolishning asosiy sabablari

    Bugun, 11:56

    Toshkentda Alfraganus universiteti tashabbusi bilan xalqaro anjuman o‘tkazilmoqda

    Bugun, 10:30
    Reklama

    O‘zbekistonda IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirish taklif qilinmoqda

    Bugun, 11:52

    Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralar yil oxirigacha boshlanadi — Politico

    Bugun, 11:34

    Namangan viloyatining sobiq hokimi To‘lqin Jabborov 73 yoshda vafot etdi

    Bugun, 11:26

    O‘zbekistondagi banklardan biriga bank operatsiyalarini amalga oshirish taqiqlandi

    Bugun, 11:24

    Teatrda suflyorlikdan aktyorlikkacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan va 40 yoshdan keyin omadi kulgan Farhod Abdullayev 66 yoshda (foto)

    Bugun, 10:54

    Tavsiya etamiz

    Firibgarlikda ayblanayotgan Tramp, drenajdan chiqqan o‘lik delfinlar, bozordagi ulkan sakkizoyoq — 3-oktyabr suratlari

    23:00 / 03.10.2023

    “Oyiga 80-100 mln so‘mlik dorilar sotilib, o‘zaro taqsimlab kelingan”. “Dok-1 Maks” sudida farmatsevtlarning yana bir kirdikori fosh bo‘ldi

    17:00 / 03.10.2023

    Farg‘onada tuman bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i YTHga uchrab, shifoxonaga yotqizildi

    13:00 / 03.10.2023

    Tug‘ilgan kunida yonib ketgan yigit, Quddusdagi Yig‘i devori, bir daqiqalik sukut saqlayotgan ukrainaliklar — 2-oktyabr suratlari

    22:00 / 02.10.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistondagi banklardan biriga bank operatsiyalarini amalga oshirish taqiqlandi

    11:00 / 04.10.2023

    Zapravkalarda metan va Ai-92 benzini narxi oshgani aytilmoqda

    20:00 / 01.10.2023

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    “To‘y xarajatlari bir million dollarga tushdi”. Liil Xurramov Munisa Rizayevaning turmush o‘rtog‘i soxta emasligi haqida gapirdi

    10:00 / 03.10.2023

    Instagram: Dilshodbek Kattabekov uylandi, Munisa Rizayeva onasining tug‘ilgan kunini nishonlamoqda, ruscha gapirgani uchun tahqirlangan Lola 

    22:00 / 03.10.2023

    Qashqadaryolik xonanda Alijon Isoqov uch ming yillik tarixga ega shaxmatga qo‘shimcha kiritib, yangi o‘yinni shaxmat plus nomi bilan patentladi

    16:00 / 03.10.2023

    Rossiyada urushdan qaytgan “vagnerchi” uyga o‘t qo‘yib, ayollarni yoqib yubordi

    22:00 / 03.10.2023

    Zangiotada uy hojatxonasidan yosh bolaning jasadi topildi

    18:00 / 03.10.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.