Isroilda qonunchilik bo‘yicha vazirlar komissiyasi terrorchilar uchun o‘lim jazosi haqidagi qonunni qabul qildi. Bu haqda bosh vazir Binyamin Netanyaxu o‘zining Twitter’ida ma’lum qildi.
U terrorchilarga qarshi “to‘xtatuvchi omil” yaratish va davlat tinchligini kafolatlash maqsadida xavfsizlik sohasida faoliyatni davom ettirishga va’da berdi.
“Bugun qonunchilik bo‘yicha vazirlar komissiyasida vazir Ben-Gvir bilan birgalikda terrorchilar uchun o‘lim jazosi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildik”, — deb yozadi bosh vazir.
Qonunga ko‘ra, o‘lim jazosi irqchilik niyati yoki ma’lum bir jamoatchilikka nafrat maqsadida “qasddan yoki befarqlik bilan Isroil fuqarosining o‘limiga sabab bo‘lgan” har qanday odamga tahdid soladi.
Izoh (0)