Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 24-turidan o‘rin olgan qator uchrashuvlar 26-fevral, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

“Spetsiya” safarda “Udineze”ga qarshi bahs olib bordi. O‘yin debyutida Mbala Nzola mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Bunga maydon egalari ikkita to‘p bilan javob qaytardi.

Eldor Shomurodov uchrashuvning 62-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. 72-daqiqada Nzola dublni rasmiylashtirdi va spetsiyaliklar muvozanatni tikladi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

“Spetsiya” ushbu durang evaziga ochkolarini 20 taga yetkazdi va 17-pog‘onada bormoqda. “Udineze” 31 ochko bilan 9-pog‘onadan joy olgan.

“Inter” bu turda “Bolonya” mehmoni bo‘ldi. 76-daqiqada Rikkardo Orsolini tomonidan kiritilgan to‘p “Bolonya”ga g‘alaba keltirdi.


A Seriya

24-tur bahslari

26-fevral, yakshanba

“Udineze” – “Spetsiya” 2:2

Gollar: 0:1 – 6 Nzola, 1:1 – 22 Betu, 2:1 – 55 Pereyra, 2:2 – 72 Nzola.

“Udineze”: Silvestri, Exizibue, Mazina, Rodrigo Bekao, Peres, Udoji, Pereyra (Samarjich, 67), Uolas, Lovrich (Arslan, 83), Saksess (Toven, 66), Betu.

“Spetsiya”: Drongovski, Amyan, Nikolau, Ampadu, Retsa, Ekdal, Burabiya (Kovalenko, 90), Agudelo (Maldini, 74), Jasi, Verde (Shomurodov, 62), Nzola (Kaldara, 90).

Ogohlantirishlar: Exizibue (58), Rodrigo Bekao (62), Nikolau (76), Shomurodov (90+4).

“Bolonya” – “Inter” 1:0

Gollar: 1:0 – 76 Orsolini.

“Bolonya”: Skorupski, Posh, Lukumi, Sosa, Kambyazo, Soriano (Kiryakopulos, 83), Sxauten (Medel, 88), Dominges, Fergyuson (Moro, 83), Orsolini (Ebisher, 87), Barrou (Raymondo, 87).

“Inter”: Onana, Dumfris (D`Ambrozio, 68), Darmian, de Vrey (Acherbi, 46), Bastoni, Gozens, Mxitaryan (Barella, 63), Brozovich (Karboni, 83), Chalxono‘g‘lu, Lukaku (Jeko, 64), Martines.

Ogohlantirishlar: de Vrey (45), Dumfris (63), Dominges (85).

“Salernitana” – “Monsa” 3:0

Gollar: 1:0 – 51 Kulibali, 2:0 – 65 Kastanos, 3:0 – 71 Kandreva.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Afg‘on xalqining sabri bilan o‘ynashmang” — “Tolibon” qo‘mondonlaridan biri Eronni bosib olish bilan tahdid qildi  
Dunyo
Xitoyda qayta avj olishi kutilayotgan kovid, 3-marta saylangan Erdo‘g‘on, bir oydan beri namoyish o‘tkazayotgan hind sportchilari — 29-may suratlari
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi