Kuvaytning Jazeera Airways aviakompaniyasi Kuvayt—Samarqand yo‘nalishida muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Uzbekistan Airports axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Jazeera Airways aviakompaniyasi Al-Kuvayt va Samarqandni to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi. Al-Kuvayt—Samarqand—Al-Kuvayt yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlar Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Birinchi parvoz esa 1-martga mo‘ljallangan.
Muntazam yo‘lovchi qatnovlari haftasiga ikki marta — chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Jazeera Airways O‘zbekistonga parvozlarni 2021-yilda boshlagan. Kuvaytdan Toshkentga muntazam yo‘lovchi qatnovlari haftasiga uch marta — dushanba, seshanba va shanba kunlari, Namanganga — dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Izoh (0)