Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida 35 tup daraxt noqonuniy kesilishi oqibatida tabiatga qariyb 200 million so‘m zarar yetkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, 17-fevral kuni tumandagi “M.T.” MCHJga ijaraga berilgan 5000 kvadrat metr hududdagi 35 tup daraxt maxsus qasddan nobud qilingan. Oqibatda o‘simlik dunyosiga 196 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 198-moddasi (ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma‘lumot uchun, noqonuniy kesilgan har bir daraxt va butalar uchun prezidentning tegishli farmoniga asosan, noqonuniy kesilgan har bir daraxt va butalar uchun kompensatsiya tarzida qo‘shimcha 100 tup qimmatliligi jihatidan kesiladigan daraxt va butalardan kam bo‘lmagan, yirik o‘lchamli ko‘chat ekish hamda ularni uch yil davomida parvarish qilish bo‘yicha qo‘shimcha majburiyatlar yuklatiladi.
Izoh (0)