Toshkent metrosining Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishida poyezdlar harakati 18-fevral kuni bir kunga to‘xtatiladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, 18-fevral sanasida metro temiryo‘llarida bajarilishi lozim bo‘lgan texnik ishlarning so‘nggi bosqichini amalga oshirish maqsadida metropolitenning Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishida poyezdlar harakati bir kun davomida to‘xtatiladi.
Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishi 19-fevral sanasidan doimiy jadval asosida o‘z harakatini davom ettiradi. Metropoliten keltirilgan noqulayliklar yuzasidan yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.
Izoh (0)