Ijtimoiy tarmoqlarda magistratura mutaxassisliklariga 2022/2023-o‘quv yili qishki qabuli natijalari qachon chiqishi yuzasidan murojaatlar ko‘paydi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qabul natijalari nega kechikayotganiga izoh berdi.
Unga ko‘ra, magistratura qishki qabuliga topshirilgan sertifikatlarni tegishli tashkilotlar bazalaridan tekshirish jarayoni maʼlum vaqt talab etmoqda. Hozirgi kunda hujjatlarning asosiy qismi tekshirildi.
“Bu jarayon tez kunda yakuniga yetkaziladi va natijalar eʼlon qilinadi”, — deyiladi xabarda.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ijtimoiy tarmoq faollaridan ushbu mavzuga doir asoslanmagan xabarlarni tarqatmaslikni, jamoatchilikdan esa faqat vazirlik rasmiy manbalari orqali eʼlon qilinadigan xabarlarga ishonishni so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, 2022/23-o‘quv yili uchun magistraturaga qishki qabul 20-dekabrdan boshlanib, 10-yanvargacha davom etdi. Ushbu tanlovda istisno tariqasida xorijiy tilni bilish darajasidan qat’i nazar sertifikatga ega talabgorlar ham ishtirok etishiga ruxsat etildi.
Izoh (0)