• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “O‘zimni bir necha marta poyezd tagiga tashlamoqchi bo‘lganman”. O‘zbekistonlik san’atkorlar tushkun kayfiyat va depressiyani qanday yenggani haqida

    Ruhiy tushkunlik inson hayotini izidan chiqarib yuboradi. Bunday paytda o‘zini qo‘lga olish va oldinga qadam tashlash muhim. O‘zbek san’atkorlari orasida ham ruhiy tushkunlikni yengib o‘tgan ijodkorlar bisyor. Ular bu kunlarni quyidagicha eslashadi.

    Akbarali Ochilov

    “Yulduzingni ber osmon” filmi uchun saundrek kuylagan Akbarali Ochilovni hozirgi yoshlar tanimasa ham kerak. Ammo bir paytlar uning qo‘shig‘i hit bo‘lgan va ularni qayta kuylagan xonandalar ham mashhurlikka erishgan. Afsuski, ruhiy tushkunlik sabab uning butun hayoti izidan chiqib ketgan. Ijtimoiy tarmoqlarda u qarovsiz qolgani haqidagi videolar ham tarqalgandi.

    Foto: Skrin

    — Onamning xohishi bilan uylanib farzandli bo‘lganman. Bir qarashda hammasi joyidadek tuyulardi. Ammo baribir ko‘ngilda qandaydir kemtik bor edi. O‘zim yoqtirgan qiz bilan oila qurmaganim armon bo‘lib qoldi. Agar yana bir marta yosh bo‘lib qolish imkoni bo‘lsa, shu xatoni takrorlamagan bo‘lardim. Farzandlarimga uy-joyni tashlab, onam bilan yashay boshladim. Onamning vafotidan so‘ng yolg‘izlanib qoldim. Yolg‘izlik ham insonga o‘zgacha ilhom berarkan. Ko‘p qo‘shiqlarim ana shunday tushkunlik paytlarimda yozilgan. Ammo hozir o‘zimni yolg‘iz his qilmayman. Zeriksam, telefonim va ruchka bilan qog‘ozim bor, — deydi Akbarali Ochilov.

    Oydin Yusupova

    Aktrisa Oydin Yusupova ham jiddiy qiyinchiliklarga uchragan. Hatto uning ruhiy tushkunlikka tushgani, san’atdan butunlay ketgani haqida ham gap-so‘zlar tarqalgandi. U 2016-yildan so‘ng to 2022-yilga qadar biror medialoyihada ishtirok etgani yo‘q. Bu holatni dugonasi Kamila Gimandinoma shunday izohlagan.

    Foto: Instagram / @oydin_yusupova_officiall_13

    — Oydin dadasining o‘limidan so‘ng tushkunlikka tushib qolgandi. U qiyin vaziyatlarda yonimda hamisha yonimda turgan. Ammo o‘ziga otasining o‘limi og‘ir ta’sir qildi. Shuning uchun ham uzoq vaqt ijodiy tanaffus qildi, — deydi aktrisa.

    Oydin Yusupova olti yillik tanaffusdan so‘ng “Dengiz guli” va “O‘yin” seriallarida suratga tushmoqda.

    Nigora Abdullaxonova

    “Afandining qizlari” jamoasidagi ishtiroki bilan xalqqa tanish bo‘lgan aktrisa Nigora Abdullaxonova ota-onasi ajrashganidan so‘ng yolg‘izlanib qolgani va ruhiy tushkunlikka tushgani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram / @nigora_abdullahanova

    — Har kim baxtli bo‘lishga haqli, ammo er-xotin ajrashayotganda o‘zidan ham ko‘proq bolalari haqida o‘ylashi kerak. Bolalikdan yolg‘izlik va qorong‘ilikdan qo‘rqardim. Afsuski, juda erta yolg‘iz yashashga majbur bo‘ldim. Ota-onam ajrashib, o‘zlari istagandek baxtga erishmoqchi bo‘lib, oila qurishdi. Albatta, bu holat insonning ruhiy holatiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Tushundimki, bunday vaziyatda atrofdagilar emas, inson o‘z-o‘ziga yordam berishi va o‘zigagina suyanishi kerak ekan, — deydi aktrisa Nigora Abdullaxonova.

    Zara Shirinova

    Teleboshlovchi Zara Shirinova esa onasining o‘limidan so‘ng tushkunlikka tushgani, hatto uyiga kirishni istamay ko‘chada shunchaki sayr qilishga odatlanib qolgan kezlari haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram / @zara_shirinova

    — Onamdan juda erta ayrilganman. Turgan gapki, ayoli vafot etganidan so‘ng erkak kishi uylanadi. Dadam uylanganidan so‘ng hamma o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qoldi. O‘sha paytlarda shu qadar tushkunlikka tushgandimki, hatto uyda yolg‘iz qolishdan ham qo‘rqardim. Shunchaki ko‘chaga chiqib, aylanib yurardim. Chunki uyga kirsam yolg‘iz ekanligim va onamni yo‘qotganligim esimga tushaverardi. Keyinchalik o‘zimni qo‘lga olib, ko‘proq ishlashim kerakligini anglab yetdim, — deydi Zara Shirinova.

    Zuhra Soliyeva

    Shaxsiy hayotining ommadan yashirmaydigan aktrisa Zuhra Soliyeva turmush o‘rtog‘i sabab ruhiy tushkunlikka tushgani va qanday o‘zini qo‘lga olgani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram / @zuhra_salieva

    — Ayol kishida tushkunlikka tushish holatlari ko‘p bo‘ladi. Har oy gormondagi o‘zgarish sabab tushkunlikka tushishi yoki arzimagan narsa bilan quvonishi mumkin. “Sen semizsan, yoqimsizsan!” degan tahqirlarni eshitganda, barcha ayol tushkunlikka tushadi. Uning ustiga farzandli bo‘lolmay siqilib yurgan paytlarim edi. Sog‘lig‘im yomonlashdi, qon bosimim ko‘tarilib, yuragim og‘riydigan bo‘lib qoldi. Ko‘chaga chiqib, odamlarga qo‘shilgim kelmasdi. Yolg‘iz qolishni, atrofimdagi ba’zi insonlarning tahqirlarini eshitishni istamasdim. Ammo keyin yaxshilab o‘ylab, boshqalar uchun o‘zimni qurbon qilishim kerakmasligini tushunib yetdim. Inson o‘zini hurmat qiladigan va qadrlaydigan insonlar davrasida yurishi kerak. Shundagina hammasi yaxshi bo‘ladi, — deydi aktrisa Zuhra Soliyeva.

    Ilmira Rahimjonova

    Aktrisa Ilmira Rahimjonova onasining erta vafotidan keyingi ruhiy tushkunlik va unga qilingan tuhmatlardan so‘ng o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: “Daryo”

    — “Balli qizlar” ko‘rib tanlovida ishtirok etib, ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritganman. O‘sha yerda ovqatga qo‘shib pomidorning po‘sti bilan yeganimdan keyin mazam qochib qolgan. Bir-ikki kunda o‘tib ketsa kerak deb o‘ylagandim. Ammo birdan mazam qochib qolgan. Hushimdan ketganimdan keyin Bo‘stonliqdagi kasalxonaga olib borishgan. Keyin qishloqda duv-duv gap bo‘lgan, falonchini qizi falon joyga borgan ekan… Endi u gapni ham o‘zimning yaqinlarim tarqatgan, “endi u qiz bolamas, shu ikki-uch kunda kim biladi qayerlarda, kim bilan yurgan deb tuhmat gaplarni tarqatishgan. O‘shanda men qattiq psixologik zarba olganman.

    Mana shu gap-so‘zlardan keyin o‘zimni bir necha marta poyezd tagiga tashlamoqchi ham bo‘lganman. Uyda ham bir nuqtaga tikilib o‘tiraverardim. Shu darajada kuchli ruhiy zarba olganimdan bir yilga qadar hech kim bilan gaplashmaganman. Ikki-uch marta jonimga qasd qilmoqchi bo‘lganimdan keyin o‘zimda kuch topib, o‘lim chora emasligini tushunib yetganman, — deydi aktrisa.

    Shahnoza Otaboyeva

    Xonanda Shahnoza Otaboyeva esa ortiqcha vazn tufayli ruhiy tushkunlikka tushgani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram / @shahnoza_otaboyeva_official_

    — Ikkinchi farzandim dunyoga kelganidan so‘ng qomatimda jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Karantin vaqti hamma qatori menga ham jiddiy ta’sir etdi. Kasal bo‘lmaslik uchun yaxshi ovqatlanish kerak ekan, deb o‘zimga hech qanday cheklovlar qo‘ymadim. Tabiiyki, ortiqcha vaznli inson ekranda chiroyli ko‘rinmaydi. Klip suratga olgim keladi, ammo ko‘rinishim yoqmaganidan keyin fikrimdan qaytaman. To‘y-hashamlarga borganda ham o‘zimni chekkaga oladigan bo‘lib qolgandim. Chunki baribir odamlar xayolidan nimalar o‘tayotganini yaxshi bilardim. Xullas, o‘sha vaqtda jiddiy tushkunlikka tushib qoldim. Balki, bunga oilamdagi nizolar ham sabab bo‘lgandir. Hech kim bilan uchrashgim kelmaydi, zarurat bo‘lmasa ko‘chaga ham chiqishni istamasdim. Keyin o‘zimni qo‘lga olib, jiddiy chora ko‘rishga qaror qildim. Bunday vaziyat farzandli bo‘lgandan keyin bo‘lishi tabiiy hol. Afsuski, buni hamma ham to‘g‘ri tushunmaydi, — deydi xonanda.

    Mavzuga doir:

    Foto: Baxtsiz sevgi tufayli joniga qasd qilishga uringan mashhurlar

    Baxtsiz hodisa tufayli chiroyini yo‘qotib, qalb go‘zalligi bilan baxt topgan qizlar hikoyasi (foto)

    Koko Shanel, Mauritsio Guchchi. Moda olamining qismati fojiali yakun topgan vakillari (foto)

    13.02.2023, 18:21   Izoh (0)   37727
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Uzoqqa kelin bo‘lib onamni kuydirganman. Ular to‘yimga borishni istamagan”. Sayyora Qoziyeva oilasi va hayotdagi armonlari haqida (video) 

    13.02.2023, 12:53

    “Avatar 2: Suv yo‘li” filmi qanday suratga olinganini aks ettiruvchi qiziqarli suratlar

    12.02.2023, 12:10

    Instagram: Ra’no Shodiyeva xonadonidagi quvonchli kun, Umrani ado etayotgan san’atkorlar, Jahongir Otajonovdan yangi klip

    11.02.2023, 23:05

    Asal Shodiyevadan uzr so‘ragan Nilufar Usmonova, ukasi bilan duet, jonli ijro va qo‘rquv. Shohruxxonning kino-konsertidan reportaj (video)

    11.02.2023, 22:46

    “Qarindoshlar bunaqa taniladigan bo‘lsa, tanilmay qo‘ya qolsin, deyishdi”. Durdona Qurbonovaning onasi qiziga qanday rollar taqiqlangani va Imron bilan munosabati

    11.02.2023, 11:37

    Instagram: Turkiyaga 10 ming dollar xayriya qilgan Yulduz Usmonova, avariyaga uchragan Shahzoda Muhammedova, farzandli bo‘lgan Vohidjon Isoqov

    10.02.2023, 22:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Rossiya va Ukraina uchun “buyuk hafta” boshlanayotganini aytdi

    Dunyo | 11 may, 12:05

    Afg‘onistonda shaxmat rasman taqiqlandi

    Dunyo | 11 may, 11:41

    Samarqanddagi uyda gaz portlashi qurbonlari 7 kishiga yetdi

    O‘zbekiston | 11 may, 11:28

    Barchaga sevimli turk seriallarida yangragan eng mashhur 8 ta qo‘shiq

    Musiqa | 11 may, 11:00

    “Real” sobiq futbolchisini ortga qaytarmoqchi

    Sport | 11 may, 10:25

    Shuhrat Abdurahmonov voyaga yetmagan qizga nisbatan jinoyat sodir etgani rad etildi

    O‘zbekiston | 11 may, 10:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.