• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Messidan 3,5 mln yevrolik xayriya, volontyor O‘zil va Mertens, auksionga qo‘yilgan Ronalduning libosi. Sport olami vakillari zilziladan jabrlanganlarga yordam qo‘lini cho‘zyapti

    Turkiya va Suriyada 6-fevral kuni yuz bergan zilzilalardan jabrlanganlarga sport olami vakillari ham o‘z yordam qo‘llarini cho‘zmoqda.

    Foto: EPA

    “PSJ” hujumchisi Lionel Messi Turkiya va Suriyadagi talafotlardan jabrlangan insonlarga yordam berish maqsadida 3,5 million yevro yuborgan. 

    Turkiyaning “Galatasaroy” klubi o‘z stadionida gumanitar yordam yig‘ish punktini ishga tushirdi. Ushbu ishlarda klubning qator futbolchilari ko‘ngilli sifatida yordam bermoqda. Xususan, jamoaning belgiyalik legioneri Dris Mertens ham jamoadoshlariga ko‘maklashyapti.

    Foto: Twitter

    Shuningdek, “Istanbul Bashakshehir”, “Beshiktosh” va “Fenerbahche” klublari ham o‘z arenalarida ko‘ngillilar uchun xayriya buyumlari yig‘ish punktlarini tashkil qilgan.

    “Istanbul” klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zil volontyorlik ishlarida faol qatnashmoqda. Futbolchi o‘z Twitter sahifasida “Birgalikda qiyin vaziyatlarni yengib o‘tish mumkin”, — deya izoh qoldirgan. 

    Foto: Twitter
    Foto: Twitter

    Portugaliyaning “Benfika” jamoasi Lissabondagi Turkiya elchixonasiga 1000 dona termoyopinchiq yuborgan.

    “Atalanta”ning turkiyalik futbolchi Merix Demiral “Yuventus”dagi sobiq jamoadoshlari Krishtianu Ronaldu, Paulo Dibala va Leonardo Bonuchchining libosini kimoshdi savdosiga qo‘yib, tushgan pullarni xayriyaga yo‘lladi.

    Uch futbolchining libosi jami 5 million liraga (250 ming yevro) sotilgan. Shuningdek, Demiral “Atletiko” hujumchilari Antuan Grizmann va Alvaro Morata ham o‘z imzolari tushirilgan liboslarini taqdim etishga rozi bo‘lgani va ular auksionga qo‘yilganini ma’lum qildi.

    “Men Krishtianu bilan gaplashdim. U Turkiyada sodir bo‘lgan hodisalardan chuqur qayg‘uda. Biz kolleksiyamda turgan Ronalduning imzosi tushirilgan libosni kimoshdi savdosiga qo‘yamiz. Undan kelib tushgan pullar esa zilzila bo‘lgan hududlardagi insonlarga yetkaziladi”, — deb yozadi Demiral o‘z sahifasida. 

    Foto: Twitter

    Kelib chiqishi turk bo‘lgan germaniyalik futbolchi Ilkay Gundo‘g‘an zilziladan jabr chekkanlarga ikkita yuk mashinasida yegulik yuborgan. Shuningdek, “Manchester Siti” futbolchisi yana qo‘shimcha yordam yuborilishini ma’lum qilgan.

    Bizning bor o‘y-xayollarimiz ayni vaqtda falokat yuz bergan hududlarda bo‘lib turgan odamlarda. Hozir hamma birlikda harakat qilishi muhim. Odamlar bizning yordamga muhtoj. Ayni vaqtda biz qo‘shimcha oziq-ovqat, bolalar ozuqasi, yopinchiq, gigiyena vositalari va issiq kiyim yig‘ishga harakat qilyapmiz. Shundan keyin ularni Turkiyaga jo‘natishni tashkil qilamiz, — deydi Gundo‘g‘an.

    Foto: Instagram

    Turkiya futbol federatsiyasi ham jabrlanganlarga 20 million lira (1 million dollar) xayriya qildi.

    “Bizning qalbimiz vayronalar ostidan olib chiqilayotgan va olib chiqilishini kutayotgan birodarlarimiz bilan birga. Butun Turkiyaning fikr-u xayoli jabr chekkanlarda.

    Biz xayriya kompaniyasini boshlayapmiz va 20 million lirani falokatdan aziyat chekkanlarga yuboramiz. Mamlakatda so‘nggi paytlarda yuz bergan eng katta ofatlardan biri bo‘lgan ushbu zilzila jarohatlarini birgalikda davolashimizga ishonamiz.

    Barcha terma jamoa a’zolarini, klublarni va ularning rahbarlarini, barcha futbolchilarni, murabbiylarni, hakamlar-u muxlislarni xayriya aksiyamizni qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz”, — deyiladi Turkiya futbol federatsiyasi bayonotida.


    6-fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqiy qismida 7,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. yer qimirlashlari oqibatida Turkiya va Suriya qator viloyatlaridagi uylar vayronaga aylandi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakatda 7 kunlik milliy motam e’lon qildi, tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan o‘nta viloyatda 90 kunlik favqulodda holat joriy etildi.

    So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Turkiyada tabiiy ofatdan halok bo‘lganlar soni 17 674 nafarga, jarohatlanganlar soni 72 879 nafarga yetdi. Suriyada esa kamida 3 377 kishi halok bo‘ldi, jarohatlanganlarning umumiy soni 21 051 nafarga yetgan.

    10.02.2023, 11:30   Izoh (0)   15056
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Maʼrufjon Ochilov

    Nodirxon Hamidxonov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Krishtianu Ronaldu poker qayd etgan o‘yinda “An-Nassr” raqibini tor-mor etdi 

    10.02.2023, 00:14

    Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi sanasi va manzili aniq bo‘ldi 

    09.02.2023, 21:59

    The Best sovriniga da’vogar murabbiylarning yakuniy uchligi ma’lum bo‘ldi

    09.02.2023, 21:41

    Zlatan Ibrahimovich: “25 yildan beri tanqid qilinaman, chunki men birinchi raqamliman” 

    09.02.2023, 18:23

    “Real” klublar o‘rtasidagi JCHda rekord qayd etdi 

    09.02.2023, 16:47

    Yevropa Superligasi tashkilotchilari loyihani qaytadan ishga tushirishga tayyor 

    09.02.2023, 15:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.