Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qirg‘izistonda Jogorku Kenesh deputatlari Turkiyadagi zilzila qurbonlariga yordam berish uchun ikki kunlik maoshlarini o‘tkazmoqchi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Foto: 24.kg

Mazkur taklif xalq deputati Akilbek Tumonbayev tomonidan ilgari surilgan. U Turkiya hukumati Qirg‘izistonga har doim har sohada yordam berib kelganini qayd etgan.

“Ular bizni siyosiy jihatdan qoʻllab-quvvatlab, shifoxonalar qurmoqda, fuqarolarimiz Turkiya universitetlarida tahsil olmoqda. Zilzila qurbonlariga yordam berish uchun ikki kunlik maoshimizni Turkiyaning Qirg‘izistondagi elchixonasidagi hisob raqamiga o‘tkazishni taklif qilaman”, — dedi Akilbek Tumonbayev.

Mazkur tashabbus boshqa deputatlar tomonidan ham qo‘llab-quvvatlangan.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada 6-fevral kuni sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni 12 873 kishiga yetdi, yana 63 000 ga yaqin odam jarohatlangan

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston qonunchiligida 1-apreldan nimalar o‘zgaradi?
Dunyo
Putin Rossiya tashqi siyosatining yangi konsepsiyasini tasdiqladi
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi