• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Tan olingan kambag‘allik. Hukumat muammoni qanday hal etmoqchi?

    Rasmiy maʼlumotga ko‘ra, o‘zbekistonliklarning 14 foizi kambag‘allikda kun kechirmoqda. Bu jami aholining (36 million kishi) 5 milliondan ortig‘ini tashkil etadi. O‘z navbatida, kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekani takrorlab kelinadi. Muammoga qanday yechim topilmoqda, bu yo‘nalishdagi ishlar samara beryaptimi? Bugun shu haqda so‘z yuritamiz.

    Foto: CERR

    O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi

    O‘zbekistonda aholining kambag‘allik darajasi haqida yaqin yaqingacha deyarli gapirilmasdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yil fevraldagi parlamentga murojaatida ilk bor mamlakat aholisining kambag‘al qatlami haqida maʼlumot bergan. O‘sha paytda davlat rahbari respublika aholisining 12-15 foizi kambag‘al ekanini, ularning umumiy soni 4,5 – 5 million nafarligini taʼkidlagan.

    “Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 12—15 foiz yoki 4,5 — 5 million aholimiz kambag‘al. Bu ularning bir kunlik daromadi 10—13 ming so‘mdan oshmayapti, degani. Yoki bir oilada mashina ham, chorva ham bo‘lishi mumkin, lekin bir kishi og‘ir kasal bo‘lsa, oila daromadining kamida 70 foizi uni davolatishga ketadi. Xo‘sh, bunday oilani o‘ziga to‘q deyish mumkinmi? Prezident sifatida meni odamlarimizning ovqatlanishi, davolanishi, bolalarini o‘qitishi, kiyintirishi kabi hayotiy ehtiyojlari nima bo‘layapti, degan savol har kuni qiynaydi”, – degan u.

    2021-yil 10-iyun kuni Senatda bo‘lib o‘tgan kambag‘allikni qisqartirish masalasiga doir yig‘ilishda 2020-yildagiga qaraganda farqli maʼlumotlar berilgan, yaʼni respublikada kambag‘allik 12,8 foizdan 11,4 foizga qisqargani aytilgan. Jahon banki tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda pandemiya bilan bog‘liq cheklovlar sababli, qo‘shimcha 450−840 ming kishi kambag‘allik chegarasidan pastda bo‘lish ehtimoli yuqori edi.

    2022-yil 25-yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish masalasida yig‘ilish o‘tkazildi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning maʼlum qilishicha, majlisda 2022-yilda O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 17 foizdan 14 foizga pasaygani aytilgan.

    Statistika agentligining hisobotida 2023-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi 36 millon nafardan ortgan. Bu mamlakatda 5 million nafardan ortiq odam kambag‘allikda kun kechirmoqda, degani.

    Foto: livejournal.com

    O‘zbekistonda yaxshi yashash uchun qancha pul kerak?

    Yaqinda dunyodagi yirik onlayn maʼlumotlar bazalaridan biri Numbeo O‘zbekistonda qancha mablag‘ evaziga farovon yashash mumkinligini hisoblab chiqqandi. Manbaga ko‘ra, respublikada 4 kishi bo‘lib yashaydigan oilalar ijara haqini hisobga olmaganda 1 ming 486 dollar (16 million 866 ming 100 so‘m) sarflab yaxshi yashashi mumkin. Bir kishi uchun bu narx 413 dollarga (4 million 587 ming 550 so‘m) to‘g‘ri keladi. Numbeo hisob-kitoblarida O‘zbekistonda yashash narxi AQSHdagidan o‘rtacha 62,6 foizga pastligi keltirilgan.

    Statistik raqamlarga qaraganda, respublikada 2022-yilning yanvar—dekabr oylarida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 3,9 million so‘mni tashkil etgan. Bu o‘tgan yillarning mos davri bilan solishtirganda eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Ammo mazkur hisobga qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik subyektlari kirmaydi. Qo‘shilmagan segmentlardagi hisoblar inobatga olinsa, haqiqiy o‘rtacha ish haqi yuqoridagi raqamdan 20 foizgacha pastroq chiqadi.

    Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha nimalar qilinmoqda?

    2017-yilda kam taʼminlangan 500 ming oila davlatdan ijtimoiy yordam olgan bo‘lsa, bugunga kelib ularning soni 2 milliondan ortdi. Ajratilayotgan mablag‘lar ham yetti baravarga ko‘paytirilib, yiliga 11 trillion so‘mga yetdi.

    Aholi orasida pensiya va nafaqa oluvchilar soni ham sezilarli o‘sdi. Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2016-yilda 3,3 million nafar, 2017-yilda 3,5 million, 2018-yilda 3,7 million, 2019-yilda 3,9 million, 2020-yilda 4 million, 2022-yilda 4,3 million nafar odam pensiya va nafaqa olgan. Pensiya jamg‘armasining maʼlum qilishicha, 2023-yil yanvar oyi uchun 4,4 million kishiga pensiya va nafaqa berilgan.

    2022-yil 1-yanvardan boshlab har bir qishloq, har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi lavozimi joriy etildi.

    Hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘tgan yil davomida hokim yordamchilari bir million aholini kasb-hunarga o‘qitib, tadbirkorligini boshlashga ko‘maklashgan, daromadli ish bilan band qilgan. Shu davrda 200 mingga yaqin tadbirkorlik subyekti tashkil qilinib, 10 ming korxona faoliyati kengaytirilgan va 11 ming korxona quvvati tiklangan.

    Joriy yilda hukumat tomonidan 5 million aholi bandligini taʼminlash, shu jumladan, 2 millionta doimiy ish o‘rinlarini yaratish rejalashtirilgan.

    Prezident 2022-yil 25-yanvardagi kambag‘allikni qisqartirishga doir yig‘ilishda Navoiy, Buxoro, Namangan, Qo‘qon, Ohangaron va Chirchiq shaharlari, Zafarobod, Arnasoy, Vobkent, Shofirkon, Kogon, G‘ijduvon, Romitan tumanlarining bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha rejalari puxta ishlab chiqilmagani, ularda mavjud barcha imkoniyat va zaxiralar hisobga olinmagani tanqid qilgandi. Shu bilan birga, kambag‘allik ko‘rsatkichlari respublika bo‘yicha yaxshilangan bir paytda, Navoiy, Surxondaryo va Farg‘onada o‘zgarish sezilmayotgani taʼkidlagan.

    Tabiiyki, kambag‘allikni qisqartirishning eng asosiy mexanizmi – aholini yaxshi daromadli ish bilan taʼminlashdir. Shu maqsadda respublikada kambag‘allikni qisqartirishga masʼul 5 ta idora yaxlit tizimga aylantirildi. Endilikda mehnat resurslari va ishsizlik hisobini yuritish ham, bandlikka ko‘maklashish va tadbirkorlikni mahallabay rivojlantirish ham bitta – Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida bo‘ladi. Bundan tashqari, yangi vazirlikka Xitoydan kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha katta tajribaga ega ekspertlar jalb qilinmoqda.

    Maʼlumotlarga ko‘ra, 2023-yilda oilaviy tadbirkorlikni yanada rag‘batlantirish bo‘yicha moliyaviy ko‘mak ko‘lami kengaytiriladi. Bu ham aholini faol daromad topishga intilishini qo‘llab-quvvatlash maʼnosida yaxshi samara berishiga ishonilmoqda.

    Prezident matbuot kotibining xabar qilishicha, 2023-yilda oilaviy tadbirkorlik dasturiga davlat byudjetidan 12 trillion so‘m ajratilishi belgilangan. Taqqoslash uchun, 2022-yilda bu ko‘rsatkich 2 trillion so‘mga kam edi, yaʼni qariyb 10 trillion so‘m bo‘lgandi.

    Joriy yilda tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish uchun kredit miqdori amaldagi 225 million so‘mdan 300 million so‘mgacha oshiriladi. Dehqon xo‘jaliklariga garovsiz kredit miqdori 50 million so‘mgacha oshiriladi (amalda 33 million so‘m). Avval oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kredit olib, yaxshi natija ko‘rsatgan tadbirkorlar ushbu dasturlar doirasida yana imtiyozli kreditlar olishi mumkin bo‘ladi (hozir faqat bir marta olish mumkin). Shuningdek, kreditlarning bir qismini plastik kartaga olishga ham ruxsat beriladi.

    Foto: ca-climate.org

    “Kambag‘allar soni ikki baravar kamayadi”

    Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov parlamentga bergan axborotida O‘zbekistonda 2022-yilda tadbirkorlik, sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida 2,7 million aholining doimiy daromadli ish bilan bandligi taʼminlanganini aytdi.

    “Bundan tashqari, 4 milliondan ziyod aholi mavsumiy mehnat orqali daromad manbaiga ega bo‘ldi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga davlat budjetidan jami 2,2 trillion so‘mlik bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi. Mamlakatdagi 2,2 million nafar kam taʼminlangan oilalar uchun bolalar nafaqalari tayinlandi. 78 mingdan ortiq oilaga moddiy yordam ko‘rsatildi. Buning hisobiga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish qamrovi 2021-yilga nisbatan 1,5 baravar oshdi”, – degan hukumat rasmiysi.

    Qo‘chqorovning taʼkidlashicha, kelasi 5 yil ichida mamlakatda kambag‘allar soni 2 baravar kamayadi. Mamlakat yalpi ichki mahsuloti (YAIM) jon boshiga 2 ming 800 dollarga yetadi. 2022-yilgi ko‘rsatkichlar bo‘yicha YAIM (80 mlrd dollar) aholi jon boshiga 2 200 dollarni tashkil qildi.

    O‘z nutqida Qo‘chqorov O‘zbekistonda aholi topgan daromadining 40-50 foizini oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilishga sarflashiga ham eʼtibor qaratdi. Bu juda yuqori ko‘rsatkich sanaladi.

    Yaqinda iqtisodchi Behzod Hoshimov kambag‘allikni yengishda nimalarga eʼtibor berish muhimligi to‘g‘risida fikr bildirgandi.

    “Kambag‘allikka qarshi global yechim doimiy iqtisodiy o‘sishdir. Iqtisodiy o‘sish bo‘lmaguncha O‘zbekiston yoki boshqa ixtiyoriy davlat va jamiyatda kambag‘allik masalasi yechilmaydi. Kambag‘allikni qisqartirish so‘zi bilan iqtisodiy o‘sish so‘zi bir-biriga teng tushunchalardir. Resurslarimiz qanchalik ko‘p bo‘lsa, zaif qatlamga yordam berishga imkoniyatlarimiz shuncha yuqori bo‘ladi. To‘g‘ri, odamlarni ish bilan taʼminlash kambag‘allikni kamaytiradi. Lekin ishi bor insonlarning kambag‘allari ham mavjud. Yaʼni ertalabdan kechgacha ishlab kosasi oqarmaydiganlar bor. Albatta, bundaylar boshqa davlatlarda ham mavjud. Ular ishlab turgan kambag‘allar deyiladi. Aytmoqchimanki, ishning o‘zi yechim emas. Ishli bo‘lsayu kam pul olsa, kambag‘allik yechilmaydi. Odam yaxshi daromad oladigan va o‘zini rivojlantiradigan ishlar kerak. Boylik kambag‘allik muammosini yechishning eng asosiy omilidir”, – degan edi mutaxassis.

    Umuman olganda, O‘zbekistondagi iqtisodiy rivojlanish qanchalik tez bo‘lsa, mahalliy mehnat bozorida shunchalik talab oshadi. Kambag‘allik muammosi ham sekin-asta bartaraf bo‘lib boraveradi.

    Islombek Umaraliyev 

     

    08.02.2023, 20:00   Izoh (0)   90158
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ta’lim uchun davlat tomonidan ajratiladigan mablag‘ kambag‘allik darajasini pasaytiradimi?

    30.11.2022, 23:40

    O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha yagona tizim joriy etiladi

    25.01.2023, 19:51

    Infografika: 2022-yil uchun O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi baholandi

    26.01.2023, 21:43

    O‘zbekistonda 18 yoshigacha jinoyat sodir etgan shaxs jazoni o‘tab bo‘lgach, sudlanganlik tamg‘asidan xalos bo‘ladi

    08.02.2023, 19:39

    Oʻzbekiston Pokiston bilan imtiyozli savdo sohasida hamkorlik qiladi 

    08.02.2023, 19:37

    Toshkentda bosh reja boʻlmaguncha, yangi qurilishlarga moratoriy eʼlon qilinadi

    08.02.2023, 19:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 68 mlrd dollardan oshdi

    Iqtisodiyot | 6 iyul, 19:30

    “Manchester Siti” “Inter” himoyachisi bilan muzokara boshladi

    Sport | 6 iyul, 18:57

    “Xitoy Rossiyadan NATOga hujum qilishni so‘rashi mumkin” — Mark Ryutte

    Dunyo | 6 iyul, 18:55

    Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik aloqalarini tikladi

    Dunyo | 6 iyul, 18:07

    Qirg‘iziston rossiyaliklarga fuqarolik berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 6 iyul, 17:10

    Ilon Mask o‘zining “Amerika” partiyasini tuzdi

    Dunyo | 6 iyul, 16:35

    “Manchester Yunayted” “Chelsi” futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda

    Sport | 6 iyul, 16:16
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.