Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fransiyaning “PSJ” jamoasi Lionel Messi bilan shartnomani uzaytirishni istamoqda.

Foto: Getty Images

JCH—2022 finalidan oldin Messining vakillari va “PSJ” rahbariyati uchrashuv o‘tkazgan. 

O‘shanda tomonlar hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishgan va faqatgina shartnomani imzolash ishlari qolgandi. Ushbu uchrashuvda esa shartnoma muddati va moliyaviy tomonlari muhomaka qilinishi lozim edi. 

Jurnalist Fabrisio Romaning xabariga ko‘ra, Messining vakillari va “PSJ” tomon fevral oyida yana bir uchrashuv o‘tkazadi. Futbolchining agentlari shartnomani uzaytirish masalasi uchun Parijga parvoz qiladi. Bunga qadar barcha muhokamalar onlayn tarzda o‘tkazilayotgan edi.

Tomonlar shartnoma tezroq uzaytirilishini istamoqda. Hozirda Messi “PSJ”dan boshqa klublar bilan muzokara o‘tkazmayapti. 

Argentinalik hujumchi joriy mavsum “PSJ” safida barcha musobaqalarda 23 ta o‘yinda ishtirok etib, 14 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tramp tarafdorlariga murojaat qilib, meni qo‘llab-quvvatlang, namoyishlar uyushtiring demoqda” — Navbahor Imomova
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mahalla tizimi xodimlari va faollariga tabrik yo‘lladi
Maslahatlar
Tezroq tashlab yuboring: yuz kremi ​​sizga mos kelmaganini anglatuvchi 5 ta belgi